Immobile 61 yillik rekordni takrorladi

3 fev 2020, 23:15
Italiya A seriyasining dastlabki 21 turida hech bir futbolchi “Lacio” futbolchisidan ko'p gol ura olgani yo'q.

“Lacio” A seriyaning 21-turida SPALni yirik (5:1) hisobda taslim etdi. Immobile esa mazkur bahsda “dubl”ga erishib, gollari sonini 25 taga etkazdi. U bu ko'rsatkich bilan 1959 yilgi mavsumda “Inter” hujumchisi Antonio Anjelillo o'rnatgan rekordni takrorladi.

Anjelillo o'shanda 33 ta gol kiritgandi. A seriyada bir mavsumda eng ko'p gol urish borasida Jino Rosetti va Gonsalo Iguain (36) o'ziga xos rekord o'rnatishgan.

Shuningdek, Immobile Italiya A seriyasining so'nggi 10 yillikdagi to'purarlari ro'yxatida 123 gol bilan Gonsalo Iguaindan o'zib ketishga erishdi.

“Lacio” ayni paytda Italiya A seriyasi turnir jadvalida (bitta o'yin zaxirasi bilan) 49 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turibdi. Rimliklar “Inter”dan ikki, “Yuventus”dan besh ochkoga ortda qolishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: football.ua