So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  1 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  6 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  24 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

Imkonsiz narsaning o'zi yo'q Yangiliklar

Imkonsiz narsaning o'zi yo'q

"France Football" "Oltin to'p" sovrinini Vinisius emas, Rodriga topshirgani ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Kimdir Vinisiusdan sovrinni o'g'irlashdi desa, yana kimdir Rodri ham necha yildan beri stabil o'yin ko'rsatmoqda — u bunga loyiq, deyapti.

Nima bo'lganda ham sovrin o'z egasini topdi va endi hech kim hech nimani o'zgartira olmaydi. Marosimda g'olib elon qilingach, Rodrining reakciyasida ham chuqur mano bor.    

Qiziq tomoni, o'z nuqtasida jahonning eng zo'ri bo'lgan Rodri bu kabi nominaciyalarda yuqori baholanmaslikka o'rganib qolgani ham balki sabab bo'lgandir. Gap shundaki, "Manchester Siti" tayanch yarim himoyachisi APLda o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchilari TOP-8ga kirmaganidan tashqari, klublar o'rtasidagi eng obro'li musobaqa UEFA CHempionlar Ligasi mavsum ramziy termasida ham ispaniyalikka joy topilmagandi. ECHL ramziy termasi yarim himoyasiga Vitinya, Zabicer va Jud Bellingem loyiq ko'rilgandi. 


Minglab nashrlar, millionlab muxlislarning taxminlariga qaramay, sovrin Rodri bu kurashda g'olib chiqdi. Uzoq yillardan buyon ilk bor "Oltin to'p" hujumchi yoki hujumkor futbolchiga emas, ko'proq himoyalanishda ter to'kadigan yigitga nasib qildi. Balki bunga uning o'zi ham ishonmagandir, lekin "imkoni yo'q narsaning o'zi yo'q" degan gap, yana bir bor isbotini topmoqda. SHunday ekan, o'z maqsadingiz yo'lida to'xtamang!

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика