So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  17 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

"Imkon Plus" taqdim etadi, "Odil Cup - 2016" Yangiliklar

"Imkon Plus" taqdim etadi, "Odil Cup - 2016"

Ertaga Namangan shahrida 2002 va 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida futbol festivali start oladi.

Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasini imzolagan "Imkon Plus" kompaniyasi bosh homiyligida o'tkaziladigan musobaqada jami 8ta jamoa ishtirok etadi.

"Championat.asia", Namangan viloyati futbol federaciyasi va "Navbahor" klubining amaliy yordamlari bilan tashkil etilayotgan musobaqa, Namangan VFF qoshidagi suniy maydonda bo'lib o'tadi.

Musobaqaning ochilish va yopilish marosimlarida Odil Ahmedov hamda uning oilasi ishtirok etadi. SHuningdek, "Navbahor" jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchilar har turning eng yaxshi futbolchilarini aniqlashda bizga yordam beradilar.

"Zizi" savdo belgisi homiyligi ostida, har bir uchrashuvda ajralib turgan ikki nafardan futbolchilar yulduzlar dastxati tushirilgan futbol to'plariga ega chiqadilar.

Turnir yakunida, barcha jamoalarga kubok va medallar taqdim etiladi.



2002 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar:
"Navbahor" (Namangan)
"Neftchi" (Farg'ona)
"Kosonsoy" (Kosonsoy)
BO'SM-1 (Namangan)

2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar:
"Navbahor" (Namangan)
"Asia" (Andijon)
"Istiqlol" (Farg'ona)
"Barkamol" (Namangan)


3 IYUN. 1-TUR.
2004 yilda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar

08:00. “Barkamol” – “Asia”
09:30. “Navbahor” – “Istiqlol”

2002 yilda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar
17:00. “Kosonsoy” – “Neftchi”
18:30. “Navbahor” – “BO'SM-1”

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика