So’nggi yangiliklar

12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  0 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi davrada xato qilishga haqqimiz yo'q" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Ikkinchi davrada xato qilishga haqqimiz yo'q"

O'zbekiston kubogi nimchorak final doirasida o'tkazilgan "Bunyodkor" - "Qiziriq" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yigitlar oldiga qo'ygan vazifani bajarishdi. Kema portga etib keldi. Endi har tomonlama biroz dam olamiz. "Qiziriq" haqida ijobiy fikr bildirishim mumkin. Yaxshi shakllangan va qiziqarli jamoa. O'z chempionatida birinchi o'rinda ketmoqda. "Bunyodkor" muxlislariga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytmoqchiman. Jamoa yaxshi o'ynaganda ham, yomon o'ynaganda ham ular biz bilan birga. Umuman barchaga minnatdorchilik bildiraman",- deydi Ilyos Zeytullaev. 

- Bu tarkibni mavsum boshida siz yig'magan edingiz. SHunday ekan qiyinchiliklar bo'lgani tabiiy. Ikkinchi davraga qanday jamoani qurishni istayapsiz?

- Hozirda birinchi etiborni tiklanishga qaratishimiz kerak. Jamoaga kelganimdan beri bir kun ham to'xtaganimiz yo'q. Ikkinchi davrada xato qilishga haqqimiz yo'q. Qaysidir poziciyalarni kuchaytirishimiz mumkin. Rahbariyat bu borada ish olib bormoqda. 

- "Qiziriq" bilan ikkinchi o'yindirki muammoga uchradi. Bunday o'yinlarda odatda yirik hisob kutiladi...

- Muxlislarni to'g'ri tushunaman. To'g'ri, birinchi bo'limda ayrim vaziyatlarda juda sekin harakat qildik. Muhimi yigitlar vazifani uddasidan chiqishdi va g'alaba qozonishdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика