So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Ilyos Zeytullaev: "Hozirgi holatimizni to'g'ri baholashimiz kerak. "Bunyodkor"ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi ligada jon saqlab qolish" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Hozirgi holatimizni to'g'ri baholashimiz kerak. "Bunyodkor"ning joriy mavsumdagi asosiy maqsadi ligada jon saqlab qolish"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Savollarga o'tsak iltimos

- Ismonalievni bugun markaziy hujumda ko'rdik. U bugun markaziy hujumda o'ynaganiga sabab nima?

- Yaxshi savol. Usmonali ayni damda jamoaga katta yordam bermoqda. Uni tezligidan kelib chiqib uni ushbu poziciyada o'ynatishga qaror qildik. U yomon o'ynamadi, agar u vaziyatlardan foydalana olganida hozir uni maqtayotgan bo'lar edik. Birinchi bo'limda ikkita gol o'tkazib yubordik. Ushbu holat jamoaga salbiy tasir qildi.

- Jamoangiz bugun mag'lub bo'ldi, ammo bugungi uchrashuvda jamoangiz o'yinida sizni xursand qilgan jihatlar bormi?

- 3:0 hisobida mag'lub bo'lganimizdan so'ng qanday qilib ijobiy jihatlar haqida gapirishim mumkin. Biz uchun og'ir holat. Birinchi bo'limda yomon o'ynamadik. Ikkinchi taymda ham ancha dadil edik. Raqibimiz juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Bugungi mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman. Jamoam bugun bunday tarzda mag'lub bo'lishga loyiq emas edi. Jamoamga hech qanday etirozim yo'q.

- "Bunyodkor" jamoasi yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilarni xarid qiladimi?

- Ushbu savolni rahbariyatga berganingiz to'g'riroq. Ayni damda o'yga qaytib, jamoa bilan nima ro'y berayotganini o'ylab chiqishni istayman.

- "Bunyodkor" jamoasi ko'p xatolarga yo'l qo'ymoqda. Himoyada va hujumda xatolar ancha ko'p. Sizning uslubingiz nimaga asoslangan?

- Misol keltira olasizmi iltimos.

- Masalan Suhrob Izzatov bugun o'z poziciyada juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydi. U ko'p marotaba to'pni yo'qotdi.

- Izzatovni to'pni ko'p marotaba yo'qotganining asosiy sababi, u to'p bilan juda ko'p egalik qiladi. To'p bilan kam xato qiladigan futbolchilar, to'pga kam vaqt egalik qilishadi. U haqiqiy jangi va jamoaga ko'p foyda keltirmoqda. Muammo bitta bir futbolchida emas, muammo butun jamoada. Men ham bundan istisno emasman. Bugun 3-5-2 uslubida o'ynadik. "Neftchi" ham 3-5-2 taktik uslubini tanladi. Ikkinchi taymdagi o'zgarishlardan so'ng taktikamiz biroz o'zgardi. "Neftchi" chempionlik uchun kurashmoqda, biz esa ligada jon saqlab qolish uchun. "Neftchi" jamoasi bugungi uchrashuvda chempionlik uchun kurashayotganini isbotladi. Biz esa "Metallurg"ga qarshi kechadigan keyingi uchrashuv haqida o'ylashimiz kerak. "Metallurg"ga qarshi kechadigan o'yinlarda ochkolar to'plashimiz kerak.

- Siz uzoq vaqt davomida Italiyada to'p tepgansiz va juda ko'p tajribali mashhur murabbiylar bilan ishlagansiz. So'ngi matbuot anjumanlarining birida men Gvardiola emasman, men Ilyos Zeytullaevman dedingiz. Lekin baribir qaysidir murabbiyning uslubi sizga ko'proq yoqishi mumkin. Siz qaysi mashhur murabbiylardan o'rnak olasiz?

- Men besh yil davomida Jan Pero Gasperini bilan ishlaganman. "Yuventus", "Krotone", "Jenoa" kabi jamoalarda Mauricio Sarri va Karlo Anchelotti kabi murabbiylar bilan ishlaganman. Har bir murabbiydan bir nima o'rganish mumkin. Men hozirgi vaqtda "Bunyodkor" ushbu qiyin vaziyatdan olib chiqib ketish haqida o'ylamoqdaman.

- FIFA kunlari yaqinlashib qoldi. Ushbu kichik tanaffus jamoangiz uchun qanchalik muhim?

- Tanaffus biz uchun juda muhim. Futbolchilarning jismoniy holati ancha o'sdi. Jismoniy holatni yaxshilash bo'yicha Italiyadan mutaxassis yo'lladik. U jamoaga yordam beradi. Futbolchilarning holatini tekshirib olishimiz kerak. Vaziyatga real qarashimiz kerak. "Bunyodkor" ayni damda ligada jon saqlab qolish uchun qurashmoqda. Joriy mavsumdagi asosiy maqsadimiz shu.

- Bugun CHempionlar Ligasi final bahsi. Karlo Anchelotti bilan ishlaganman dedingiz. Bugun katta ehtimol "Real"ga muxlislik qilsangiz kerak?

- Men Italiyaga endigina kelgan vaqtlarim Karlo Anchelotti "Yuventus"da ishlar edi. U juda xotirjam va samimiy inson. Anchelottini Italiyada "xotirjam lider" deb atashadi. Men yoshligimdan "Real"ga muxlislik qilaman, ammo bugun chiroyli o'yin tarafdoriman.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика