So’nggi yangiliklar

09:36«Андижон» икки нафар футболчини ижарага берди. Бири Қозоғистон чемпионатига йўл олди  0 09:01Гвардиола Ҳусановнинг ўйнига юқори баҳо берди  7 08:33АПЛнинг жорий турида ушбу кўрсаткич бўйича Ҳусанов тенгсиз!  2 08:00Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди?  4 07:18Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Ливерпул»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 07:02Бурчак зарбасидан гол ва ассистлар. Неймар «Сантос»га йирик ғалабани тақдим этди  5 02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  1 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  8 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  3 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  13

Ilyos Zeytullaev: "Bugungi uchrashuvda 3-4 yillik umrimni yo'qotdim. Men Pep Gvardiola emas, angrenlik Ilyos Zeytullaevman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Bugungi uchrashuvda 3-4 yillik umrimni yo'qotdim. Men Pep Gvardiola emas, angrenlik Ilyos Zeytullaevman"

Superliga 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Lokomotiv" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Ichimga sig'mayapman, juda emocional holatdaman. Yaratgan bugun bizga g'alabani taqdim etdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Murabbiylar shtabiga ham minnatdorchilik bildiraman. Ular mening ilk kunimdan beri to'xtovsiz ishlashmoqda. Otam bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatdi. Oilamga ham katta rahmat aytaman. Ular Italiyadan bugungi bahsni tomosha qilish uchun etib kelishdi.

- Jamoaning birinchi va ikkinchi bo'limdagi o'yiniga baho berib o'tsangiz? Tanaffusdan so'ng jamoa o'yini o'zgardi.

- "Surxon"ga qarshi kechgan o'yinda ham shunday holatda edik. Tanaffus vaqtida yigitlarning ko'zidagi olovni ko'rdim va o'shanda g'alaba qozonishimizni sezdim. Ikkinchi bo'limda futbolchilarim super o'yin namoyish etishdi. Men bosh murabbiy emas, muxlis bo'lganimda, bugungi uchrashuv menga yoqdi, degan bo'lardim.

- Demak jamoa ikkinchi bo'limda ruhiyat va ishtiyoq evaziga raqibdan ustun keldimi?

- Barcha elementlar bizga yordam berdi, deya olaman. Raqib jamoa ham bizni yaxshi o'rganib chiqqani malum bo'ldi. Birinchi bo'limda maydon markazidagi hukmronlikni to'liq raqibga berib qo'ydik. Tanaffusdan keyin esa o'yinchilarimiz maydon markazida yaxshiroq harakat qilishdi va shu sababli hujumga o'tishimiz osonlashdi. Xarakter va jismoniy holatimiz katta rol o'ynadi. "Lokomotiv" jamoasi ham bugun yaxshi harakat qildi.

- Bugungi g'alaba "Bunyodkor"ning natijalarini yaxshilashga yordam bera oladimi? Bugungi g'alabadan so'ng o'zingizni qanday his etmoqdasiz?

- Men futbol o'ynagan vaqtlarimda bunday emociyalarni his etmaganman. Maydonda har doim o'yin haqida o'ylaysiz va bunchalik hissiyotlarga berilmaysiz. Bugun 3-4 yillik umrimni yo'qotdim (kuladi), ammo bunday hissiyotlarni hech qaerdan topa olmaysiz. Bugungi g'alaba jamoa uchun katta tramplin bo'la oladi. SHu sababli, bugungi g'alaba juda-juda muhim hisoblanadi. Bugun g'alaba qozonmaganimizda, poezd yanada uzoqlashib ketar edi. Keyingi bahsga qadar tiklanib olishimiz kerak. Kiyinish xonasida yigitlarga ikkita xabar aytdim. Yaxshisi, biz bugun g'alaba qozonganimiz. Ikkinchisi esa, keyingi bahs eng qiyini bo'lishi.

- Hozirgi vaqtda "Bunyodkor" xarakter va kurash sababli ochkolarni qo'lga kiritmoqda. Jamoaning o'yinida sizning imzoingizni qachon ko'rishimiz mumkin? "Bunyodkor" taktik tomonlama qachon o'zgaradi? Siz Evropalik mutaxassis hisoblanasiz va barcha muxlislar sizning uslubingizni ko'rishga qiziqmoqda.

- Taktik uslub deganda, aynan nimani nazarda tutayotganingizni bilmayman, balki chiroyli va hujumkor futbolni nazarda tutayotgandirsiz. Lekin men Pep Gvardiola emas, Ilyos Zeytullaevman. To'g'ri, Italiyada ko'p vaqt davomida istiqomat qildim. Jan Pero Gasperini va Mauricio Sarri kabi mashhur murrabiylar bilan ishladim, ammo men Ilyos Zeytullaevman va mening futbolim boshqacha bo'ladi. Men hali hamon angrenlik oddiy bir yigitman, faqatgina Italiyaga ko'chib ketganman. Meva kutishdan avval daraxt ekish kerak. Mehnat qilishda davom etsak, o'yinimiz ijobiy tomonga o'zgarishi aniq. Biz to'g'ri yo'ldamiz, deya olaman. Yaratgan Egam bizni chiroyli futbol bilan siylashiga ishonaman. Lekin hozir ochkolar jamg'arib turishimiz kerak.

- Darvozabon Marin Lyubich o'tgan uchrashuvda qahramonga aylangandi, bugun esa u xatoga yo'l qo'ydi. Lyubichning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Lyubich bugun ajoyib o'yin namoyish etdi. U gol o'tkazib yuborgan bo'lishi mumkin, ammo uning mahoratiga shubha qilmaymiz. U bizni ko'pgina vaziyatlarda qutqardi. Ikkinchi darvozabonimiz Sarvar Karimov ham ajoyib darvozabon sanaladi. Bizda teng darajadagi ikkita darvozabon bor.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика