Ilyos Xayrov “Andijon” mashg'ulotlariga qo'shildi
11 jan 2015 14:00
Yangiliklar


Ilyos Xayrov “Andijon” mashg'ulotlariga qo'shildi
O'z qarorgohida yig'in o'tkazayotgan “burgutlar” safiga yangi futbolchilarning kelib qo'shilishi davom etmoqda.
Olingan malumotlarga ko'ra, urganchlik Ilyos Xayrov kuni-kecha “Andijon” ixtiyoriga etib kelgan.
O'tgan mavsumni “Xorazm”da o'tkazgan futbolchi hozircha andijonliklar tarkibida ko'rikdan o'tmoqda.
Edgar Gess mahalliy iqtidorli himoyachi Dilmurod Mahmudovga javob berib yuborgan. SHuningdek malum muddat mashg'ulotlarda ishtirok etgan darvozabon Farrux Turdaliev yana “Buxoro”ga qaytib ketgan.

Fikrlar