So’nggi yangiliklar

02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  3 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  25 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0 23:43Неъматулла Қуттибоев: "Бугун ким биринчи бўлиб гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  2 23:21Эрон Про лигаси. Захирадан тушган Ўрунов 90+1 дақиқада гол уриб, жамоасига ғалаба тақдим этди, Машарипов захирадан тушди, Юсупов тўлиқ ўйнади, Яхшибоев эса...  3 23:16Европа Конференциялар лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Фиорентина" — "Бетис" ва "Челси" — "Юргорден" ўйинлари учун таркиблар маълум  1 23:13Европа лигаси. Ярим финал жавоб баҳслари доирасидаги "Буду-Глимт" — "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" — "Атлетик" ўйинлари учун таркиблар маълум  3 22:37Рэшфорд Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин?!  2 22:15"Интер" ва "Ювентус" Доннаруммани қўлга киритмоқчи  9 21:50"Ливерпуль" Александер-Арнолднинг ўринбосари учун 30 млн фунт тўлашга тайёр  1 21:22Кварацхелия, Ямал, Зоммер - УЕФА Чемпионлар лигасида ҳафтанинг энг яхши жамоасида  1 20:57Про лига. "Локомотив" "Арал"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  0 20:44U-14 Ривожланиш кубоги. Ўзбекистон Арманистонга мағлуб бўлди  5

Ilk uchrashuvga 26 kun qoldi. Mirjalol Qosimov birinchi yig'in haqida Yangiliklar

Ilk uchrashuvga 26 kun qoldi. Mirjalol Qosimov birinchi yig'in haqida

SHimoliy Koreya bilan o'yinga 27 kun qolganida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAdagi dastlabki yig'inni o'tkazib, Toshkentga qaytib keldi.
17 dekabr kuni terma jamoamiz hal qiluvchi yig'inni o'tkazish uchun yana bir bor Dubayga yo'l oladi. Bu safar tarkibdan 27 nafar futbolchi joy oladi. Omadli 23 nafar o'yinchi esa hal qiluvchi musobaqaga yo'l oladi.

Birinchi yig'in qanday o'tdi, undan murabbiyning ko'ngli to'ldimi, shular haqida bilish maqsadida Mirjalol Qosimov bilan bog'landik.

"Birinchi yig'in reja asosida bo'lib o'tdi. Faqat hisobdagi ikkinchi o'yin o'tkazilmagani biroz o'zgartirishlarga sabab bo'ldi. Bu o'yinning muhim tomonlari ko'p edi. Afsuski, Fors ko'rfazi Kubogidan so'ng Quvayt terma jamoasining bosh murabbiyi o'zgardi. Natijada raqiblarimiz o'z rejasiga o'zgartirish kiritdi. BAAda liga o'yinlari davom etayotgani bois, jamoa topish qiyin bo'ldi. Bu paytda birinchi liga vakili "Al SHaab" bo'sh edi. Ammo ular bilan ham o'yin tashkil etilmay qoldi", - deydi Mirjalol Qosimov.

Yig'inda ishtirok etgan futbolchilardan to'rt nafarining Osiyo Kubogiga bora olmasligi malum bo'ldi. Bu haqda murabbiy shunday deydi:

-  Birinchi mashg'ulotda hammani tekshirib olishimiz muhim edi. Murzoev, Salomov, Merzlyakov va Ibragimov doim nazoratimizda bo'lib kelishgan. Ularni keyinchalik ham terma jamoaga yordami tegishi mumkinligini inobatga olgan holda shunday vaziyatlarda MTJ muhitini sezdirib turishimiz kerak. Ikkinchi yig'inga Ahmedov, Haydarov, Tursunov, Denisov va Nasimov qo'shiladilar.

Dastlabki yig'indagi raqiblar kuchsizroq edi. Futbolchilar ortiqcha zo'riqishsiz o'ynadilar. Ammo jismoniy tayyorgarlikka alohida etibor berildi.

- Osiyo Kubogidan oldin jismoniy holatimizni yaxshilab olishimiz shart. Boisi u erda oddiy o'yin bo'lmaydi. Ikki o'yinda futbolchilarimiz ancha engil harakat qilishdi. Osiyo Kubogida esa bunday bo'lmaydi.

Mirjalol Qosimovning birinchi yig'indan ko'ngli to'ldimi, futbolchilardan-chi?

- Mazkur ikki yig'indan ko'nglim to'lgan, to'lmaganini Osiyo Kubogidagi natijamizdan so'ng aytishim mumkin. Futbolchilarning barchasi musobaqaga borishni istayapti, chunki bu katta forum. Unda har kim ham o'ynashni istaydi, shuning uchun alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Barcha masuliyatni birdek xis qilib turibdi.

N.Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика