So’nggi yangiliklar

09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  12 08:52Ла лиганинг энг кўп ҳақ оладиган футболчиси маълум. У — Мбаппе эмас  3 08:25Расман. «Боруссия» тўпурар ҳужумчи билан шартнома тузди  1 07:59Расман: Европа лигаси тарихидаги энг яхши тўпурар фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:30Бугун «Мираброр Усмонов кубоги» старт олади  1 00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  3 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  4 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  4 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  3 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  1 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  15 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2

Ilk o'yinida uyiga yig'lab ketgan, 15 yoshida terma jamoada debyut qilgan hamda samolyotda shug'ullangan "Surxon" to'purari bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

Ilk o'yinida uyiga yig'lab ketgan, 15 yoshida terma jamoada debyut qilgan hamda samolyotda shug'ullangan "Surxon" to'purari bilan yaqindan tanishamiz

Futbolchi hayotiga oid qiziqarli hikoyadan bahramand bo'ling.

Silvanus Nimeli 1998 yilning 4 sentyabrida Liberiya poytaxti Monroviya shahrida tug'ilgan. U ilk saboqlarini mahalliy "Monroviya" jamoasidan olgan. 

Tom manoda aytadigan bo'lsam, qadam bosa boshlaganimdan beri futbol o'ynayman.

Silvanusning akasi Aleks ham futbolchi edi, u 2008 yil "Manchester Siti"ga o'tdi, bu oila uchun juda katta muvaffaqiyat edi. Tasavvur qiling, kichik bolakay ko'cha changitib to'p tepyapti, uning akasi esa top ligada o'ynaydi. Aleks hatto Angliya yoshlar terma jamoasida o'ynagan (darhaqiqat, hozir termada o'ynayotgan Kiran Triper bilan birga). 2009 yilda Aleks Angliya tarkibida U-20 Jahon chempionatida qatnashgan va guruhda O'zbekiston U-20 termasiga raqiblik qilgan.

Katta Nimeli o'sha o'yinda gol urgan va o'yin 1:1 hisobida yakun topib, Angliya plef-offga chiqa olmagandi. O'sha paytda O'zbekiston yoshlari tarkibida SHerzod Azamov, Jasur Hasanov, Sanat SHixov kabi futbolchilar to'p tepgan.

Akam hamisha menga o'rnak bo'lgan. U tatil vaqti uyga kelganda, uning mashg'ulotlari, futbol va undan tashqaridagi voqealarni tinglardim. Bu hayotimdagi eng muhim suhbatlardan edi.

Akasi tufayli Nimelilar oilasini barcha tanib oldi. Bir kuni Aleks tatildan vataniga qaytganida, uni mamlakat prezidenti kechki ovqatga taklif qildi. 

Bu ajoyib lahza edi, bundan g'ururlandik. Lekin akam o'shanda menga nima deganini bilasizmi? "Sen mendan-da kuchliroq bo'lasan".

Liberiyada futbol maktablari yo'q. Men ko'cha-kuyda, keyin esa maktab jamoasi safida harakat qilardim. Birinchi klubim — "Monroviya" murabbiyi 14 yoshimda maktablar ligasi o'yiniga tashrif buyurdi. O'yinlarimni ko'rgach, "Akang singari futbolchi bo'lishni xohlaysanmi?" deb so'radi. Albatta, buni istardim. Murabbiy uyga kelib, ota-onam bilan suhbatlashdi. Otam o'zida yo'q xursand edi, onamning esa, aksincha, jahli chiqdi. U meni koyidi: "Bitta oilaga bitta futbolchi etadi, oyoqlaringga qara!"

Uyga tizzalarim shilinib, qontalash bo'lib qaytardim. CHunki erda, asfaltda, tosh va qumloq erda oyoqyalang to'p tepardik. Onam esa ahvolimni ko'rib, yig'lardi. 

Otam uchun futbol orzu edi. U "CHelsi"ga muxlislik qilardi. Padari buzrukvorim kichkinaligimda stadionga olib borardi. Onam gohida ko'zyosh to'kkanda, u meni oqlardi: "Hammasi joyida, qara, o'g'lingni jarohati tuzalib ketdi, hech qaerda qon yo'q!" Keyin menga qarab, sekin eshikka qarab ishora qilardi — futbolga yugur, men onangni chalg'itib turaman. Dadam maydon yonida soatlab turardi, xoh yomg'ir, xoh quyosh bo'lsin, bizning xatti-harakatlarimizni kuzatib turardi. O'yin tugagach, hamma uning oldiga yugurardi, chunki u o'zi bilan suv olib kelardi. Uyga qaytishda esa o'yinimni muhokama qilardik. Otam shunday derdi: "Sen hali mashhur futbolchi bo'lasan, seni televizorlarda ko'rsatishadi, gazetalarda yozishadi. O'sha yil, meni terma jamoaga chaqirishib, keyin CHexiyaga taklif qilishgan paytlarda otam vafot etdi. Bunday bo'lishini kutmagandim, lekin u barchasini yuqoridan kuzatib turishiga ishonaman. U men bilan faxrlanardi.

"Monroviya"da eng kichiklardan edim, ilk mashg'ulotimda to'p bilan ko'proq o'ynashga harakat qildim, ammo bahaybat yigit podkat tashladi va kegli sport turidagi singari ancha nariga surib yubordi. Mulzam bo'ldim, keyin yig'lab mashg'ulotni tark etdim. Murabbiy meni chetga chaqirib, "Agar yig'layversang, jamoadan haydalasan", dedi. Ertasiga qaytib keldim. Jamoada Frensis Sarplo murabbiylik qilardi. U keng yurakli va kerakli joyda kerakli so'zlarni ayta oladigan odam edi. "Monroviya"da hech kim maosh olmasdi, biz futbolni yaxshi ko'rganimiz uchun o'ynardik. Futbol esa ko'p eshiklarni ochishini his qilardik. 

Yosh iqtidor egasi 15 yoshidayoq milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

15 yosh-u 3 kunligimda Liberiya terma jamoasida debyut qilganman. Bu kunni hech qachon esdan chiqarmayman. Biz Angolaga qarshi o'ynadik, ushbu bahsda hatto golli uzatma amalga oshirdim, ammo mag'lubiyatga uchradik. Oradan ko'p vaqt o'tmay, akam Evropaga ketishim kerakligini aytdi. Bu hayotimdagi eng yaxshi hafta edi. Keyin Gana orqali CHexiyaga yo'l oldim.

Keyinchalik 16 yoshli yigitcha akasi yordamida CHexiyaga yo'l oladi va "Karvina" jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Ammo 18 yoshga tulgunga qadar klubning yoshlar jamoasida to'p tepadi.

16 yoshda CHexiyaga ko'chib o'tish qiyin edi. Ammo engish kerak bo'lgan barcha mashaqqatni engib o'tdim. Keyin qo'rquv o'rnini zavq olish va qiziqish egalladi. Men o'zimga-o'zim aytardim: "Yigitcha, hali rohat oladigan payting keladi, lekin hozir ishlashing kerak. 

2017 yil hujumchi Rossiyaning "Spartak" klubiga o'tadi va "Spartak-2" jamoasida karerasini davom ettiradi.

"Spartak"ga o'tganimda, Liberiyadagilar mendan ko'ra ko'proq xavotirda edi. Hatto yangiliklarda "Nimeli Rossiyaga ketdi! Nimeli katta klubda!" deya bong urishardi. Rossiya hududi aqlbovar qilmas darajada ulkan edi, biz kecha-yu kunduz samolyotda uchib, mamlakatning bir chekkasidan boshqa chekkasiga sayohat qilardik. Unda qachon va qaerda shug'ullanardinglar deysizmi? Samolyotda shug'ullanardik (kuladi).

2018/19 yilgi mavsum Silvanus Rossiya Birinchi ligasi (FNL)da eng yaxshi legioner deb topilgan. SHunga qaramay, Nimeli asosiy jamoa safida atigi bir o'yinda — "Rubin"ga qarshi maydonga tushgan va 33 daqiqa harakat qilgan. 2017 yil u "Spartak" bilan Rossiya Superkubogida zafar quchgan. 

Nega menga imkon berilmadi? CHunki murabbiylar shtabi o'zgardi, ular o'z futbolchilarini tarkibga kiritishib, meni chetga chiqarishdi. Rossiyada muammolardan qochishga harakat qildim. Sayrga chiqsam, o'zimni odatdagidek tutdim. Faqat bir marta irqchilikka o'xshash holatga duch kelganman. "Enisey"ga qarshi bahsda gol urib, raqib muxlislari tomon yugurdim. Ular maymun ovozida taqlid ko'rsatishdi. Bunga javoban shunchaki kulib, qarsak chaldim. Keyin ular meni olqishlashdi.

Nimeli qaysi futbolchilarga muxlislik qiladi?

Millatimiz kumiri Jorj Veaning qanday futbol o'ynaganini jonli ko'rolmaganim achinarli. Dadam u haqda ko'p gapirardi, men uning o'yinlari yozilgan videolarni tomosha qilardim, baribir nimadir etishmasdi... Futbolchining buyukligini his qilish uchun uni o'z ko'zlaring bilan ko'rishing kerak. Albatta, Jorj Veaning o'yinlariga havas qilaman. Lekin hech kimni o'z kumirim deb hisoblamayman. Hatto Ronaldu va Messini birday ko'raman. Bittasini tanlamayman. Do'stlarim aytishadi: ahmoqmisan, qanday qilib ikkalasini ham yaxshi ko'rish mumkin? Ammo bahslashuv boshlanishi bilan shippagimni echaman. SHippak echish manosini bilasizmi? Bu liberiyaliklarga xos fishka. Agar siz bahslashuv yoki janjalda ishtirok etishni istamasangiz, unda ularni echasiz va boshingiz uzra ko'tarasiz, bu — men o'yindan chiqdim, bolalar, degani. Ronaldu va Messi haqida bahs boshlanishi bilan men ham shippaklarimni echaman.

Urush

Bazi mavzular borki, ular to'g'risida bahslashishini yoqtirmayman. Ulardan biri — siyosat. Hozir Liberiya tinch, lekin bolaligimda mamlakatda fuqarolar urushi yuz bergan, to'qnashuvlar naq poytaxtda sodir bo'lgan. Xolamning eri uyida o'ldirib ketilgan. Nomalum kimsalar uning uyiga bostirib kirib, pullarini olishga va uni shunchaki otib tashlashgan. Bu voqea sodir bo'lganda men uch-to'rt yoshda edim. O'shandagi dafn marosimi, qabr, onamning ko'zyoshlari yodimdan chiqmaydi.

Qo'shnimizning uyiga snaryad kelib tushdi. Oskolkalar uning xotini va ikki o'g'lini o'ldirdi. Urush bizga hayotni qadrlashni, bir-birimizga g'amxo'rlik qilishni o'rgatdi. SHu bois zamonaviy Liberiyani tinch va xavfsiz maskan deb bilaman. Odamlar bu dahshatning takrorlanishiga yo'l qo'ymaydi. O'lim hamisha mavjud bo'lsa, unga nega yordam berish kerak?

Do'stimdan ayrilganimda 8 yoshda edim. Besh bolakay ota-onamizning ogohlantirmasdan cho'milish uchun okeanga bordik. To'lqinlar unchalik yuqori emasdi, ammo bir do'stimni oqim o'z domiga tortib ketdi. Biz qotib qoldik va uning cho'kib ketishini shunchaki kuzata oldik. Axir biz bolalar uni qanday qutqarardik? Yaqin atrofda kattalar yo'q edi, u er qumloq plyaj edi. Ko'z o'ngimizda bir do'stimizni suv o'z domiga tortardi. O'sha kundan beri na okean, na dengizga tushganman. Hozir faqat basseynda suzaman. 

Onam qattiqqo'l edi. U hech birimizning maktabdan qolishimizga ruxsat bermasdi. SHu tufayli nimalarnidir o'rgandik. Biz oilada besh farzandmiz: uch o'g'il, ikki qiz. Men kenjatoyman. Tatil vaqti barchamiz uyga yig'ilamiz — qanday baxt! O'shanda oila davrasida birga ovqatlanamiz, suhbatlashamiz, kino tomosha qilamiz. Mana baxt!

Uyga borganimda, onamning birinchi qiladigan ishi sumkalarimni olib, o'zining xonasiga bekitib qo'yish bo'ladi. U uyda qolishim va hech qaerga chiqmasligimni aytadi. Albatta, bir necha kundan so'ng tashqariga chiqib, do'stlarim bilan uchrashaman, lekin dastlabki kunlarimni onamga bag'ishlayman. Siz uni ko'rsangiz edi! U juda matonatli ayol. Onam men uchun qayg'urayotganini tushunaman. U biror kor-hol sodir bo'lishidan qo'rqadi. 

Ebola

Liberiyani tark etganimdan ko'p o'tmay, mamlakatga Ebola virusi kirib keldi. Afsuski, u ko'p odamlarning hayotiga zomin bo'ldi. Uning yoqumli yoki yoqumli emasligini hech kim bilmasdi. Men birinchi bor tatil uchun uyga qaytganimda, do'stlarim bilan ko'rishish-ko'rishmaslikni bilmay qoldim. CHunki u tanadan tanaga o'tishi mumkin. Bugun o'zingizni yaxshi qilsangiz, ertasiga kasalxonada bo'lishingiz mumkin. Bu dahshat! Yaqin do'stimni ancha vaqtdan beri endi uchrataman-u, uni bag'rimga bosa olmayman. Onam bilan ko'cha kezarkanmiz, u uylarni ko'rsatib borardi — bu erda uch kishi vafot etdi, bu erda — ikki nafar, bu erda esa butun oila... Ha, onam nega bizni uyda o'tirishimizni xohlayotganini anglab turardim.

2021 yil futbolchi Xorvatiyaning "Gorica" klubiga kelib qo'shilgan. 

Xorvatiyaga kelishim arafasida vatandoshlarim bu erni Luka Modrichning vatani, deya hayrat bilan tariflashdi. Boshqalar esa ayol kishi prezident bo'lgan mamlakat, deya etirof etishdi. Modrichdan tashqari Manjukichning o'yinlarini yoqtiraman.

Besh oy ichida atigi 11 o'yinda maydonga tushib, mamlakat kubogi chorak finali doirasida "Xayduk" darvozasiga gol urgan forvard Finlyandiyaga yo'l olib, yarim mavsum "Ilves" sharafini himoya qilgan. So'ngra yana Xorvatiyaga qaytib, "Solin" bilan shartnoma imzolagan.

Joriy mavsum avvalida Nimeli "Surxon" tarkibiga kelib qo'shildi. 24 yoshli hujumchi jamoaga tezda kirishib ketib, birin-ketin gollar urmoqda, jumladan, oxirgi tur "Turon"ga qarshi g'alaba to'pini kiritdi. Silvanus ayni damda 8 ta gol bilan Superliga to'purarlari qatorida bormoqda.

Nimelining sevimli poziciyasi va raqami

Mening sevimli poziciyam — "to'qqizlik", ko'pincha shu nuqtada o'ynaganman, terma jamoada esa qanotda harakat qilaman. Hamisha markaziy hujumchi bo'lishni orzu qilganman. Men 9-raqamli libos kiyishni xohlayman.

Silvanus bo'sh vaqtini qanday o'tkazadi?

Odatda, yiliga bir yoki ikki marta uyga boraman. Ota-onam meni sog'inishadi, lekin bu professional futbolchining hayoti. Onam telefon orqali gaplashganimizda hamisha kiyimlaringni toza tutyapsanmi, yaxshi ovqatlanyapsanmi, deb so'raydi. Bo'sh vaqtimda, asosan, oilam bilan videoqo'ng'iroqda gaplashaman. Men ko'proq yolg'iz qolishni yaxshi ko'radigan yigitman.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика