So’nggi yangiliklar

14:30"Манчестер Сити" "Астон Вилла" билан ўйинга ҳозирлик кўрмоқда  0 14:02Расман: А Сериянинг бугунги ўйинлари Рим папаси вафоти сабабли қолдирилди  0 13:35Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон U-17 терма жамоасини Осиё чемпионлиги билан муборакбод этди  4 13:14Хорватия терма жамоасининг собиқ футболчиси ЙТҲда ҳалок бўлди  0 12:50​Ўзбекистонлик ҳакамлар Элит ОЧЛ финал босқичида ишлайди  1 12:32Осиё чемпиони бўлган Ўзбекистон U-17 терма жамоаси аъзоларига машина совға қилинади  35 12:19Аарон Рэмзи "Кардифф Сити"нинг ўйновчи мураббийи бўлади  1 11:51"Ливерпуль" "Ньюкасл"нинг нарх оширишидан чўчимади. Мерсисайдликлар Исакни сотиб олишни хоҳлаяпти  2 11:20"Лестер" бир мавсумдан кейин яна Чемпионшипга қайтмоқда  1 10:25Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 09:50«Манчестер Сити» испаниялик футболчига 200 миллион фунт тўлашга тайёр  8 09:22Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:57Суперлига. Бугун 6-тур якунланади  6 08:26ОФК президенти Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида ғолибликни қўлга киритгани муносабати билан табрик йўллади  29 07:55Ўзбекистонни чeмпион қилган Исломбек Исмоилов финалдан сўнг нималар деди?  39

Ilk o'yinga 22 kun qolganda SHavkat Mullajonov bilan suhbat Yangiliklar

Ilk o'yinga 22 kun qolganda SHavkat Mullajonov bilan suhbat

BAAda ekanligimdan unumli foydalanishga harakat qilgan holda, bugundan boshlab Osiyo Kubogiga qadar har kuni MTJ futbolchilari bilan suhbatlashamiz.

Birinchilardan bo'lib SHavkat Mullajonovga murojaat qildik. Mullajonov uchun bu ikkinchi Osiyo Kubogi bo'ladi. Yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak, Qatardagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan so'ng u ilk marotaba xorij chempionatida to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lgan edi. Bugunda "Lokomotiv" safida harakat qilayotgan himoyachi Osiyo Kubogi doirasidan o'rin olgan tayyorgarchilik haqida shunday deydi:


"O'zbekiston kubogining finalidan keyin bir hafta dam olgan holda terma jamoamiz mashg'ulotlariga qo'shildik. BAAdagi dastlabki yig'inda jismoniy holatimiz ustida ish olib borildi. Bu Osiyo Kubogidan avval o'ta muhim bo'lgan etap. SHuning uchun barchamiz birdek mehnat qilyapmiz", - deydi Mullajonov.


- Aleksandr Volkov jismoniy holatlaringizga masul shaxs hisoblanadi, uning ish uslubi avvalgilarnikidan qanchalik farq qiladi?

- Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislar ko'p va ularning har birining o'zining ish uslubi bor. Hammaning maqsadi bitta, jismoniy zo'riqish berib futbolchini tayyorlash. Ayni paytda jamoamizni jismonan tayyor desak ham bo'ladi. 


- To'xtaxo'jaevning diskvalifikaciyasi tufayli o'rtoqlik o'yinlarida markaziy himoya Sizga topshirilyapti. Umuman olganda himoyani turli nuqtalarida harakat qilasiz, bunga tayyormisiz?

- Bugungi futbolda qanot himoyachilari hujum tashkil qiluvchi futbolchi sifatida harakat qilyaptilar. Markaziy himoyachi esa o'rtani ushlashi lozim. Terma jamoada asosan o'rta chiziqda o'ynaganligim uchun moslashishim oson. O'ng qanotda ham to'p tepishni unutmaganman, MTJda 2ta o'yinda shu nuqtada harakat qilgan edim.


- Osiyo Kubogi - 2011ga ham 4 yil bo'ldi, avvalgi musobaqa bilan bugungi kunni ancha vaqt bog'lab turibdi...

- 4 yoshga ulg'aydik. SHunga monand to'rt yillik tajribaga ham ega bo'ldik. Avvalgi safar yarim finalga qadar borganligimiz uchun ko'plab skautlarning nazariga tushgan edik. Bu turnirga ham kamida shu natijaga erishish uchun boramiz. Osiyo Kubogi katta forum ekanligini yaxshi bilamiz. 


- Huddi biz kabi boshqa jamoalarni ham tajribasi oshib boryapti. Osiyoda ham Janubiy Koreya va Yaponiyani inobatga olmasangiz, ulardan pastdagi deyarli barcha jamoalarning kuchlari tenglashib boryapti...

- Avvalgidek engil o'yinlar yo'q. Osiyo Kubogida 16ta jamoa qatnashsa, barchasi yaxshi. Bizni guruh menimcha eng qiziqarlisi bo'lsa kerak. To'rtta jamoa ham bir xil kuchga ega. Yaqqol favorit ham autsayder ham yo'q. Har bir turda yo'qotiladigan chempionat turnir bilan xayrlashishga teng. SHuning uchun qoqilishga haqqimiz yo'q.


- Hattoki Falastin ham etakchilarga qarshi o'ynay olyapti to'g'rimi, biz ham shunday Yaponiyaga qarshi o'ynay olamizmi?

- Biz ham ularga qarshi so'nggi o'yinlarni yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman.


- To'g'ri, ammo ularga kerak bo'lgan o'yinlarda ochkoni biz emas, raqiblarimiz olishadi?

- Haqiqatdan ham Osiyo chempionatida yo'qotilgan ochkolarni qaytarib bo'lmaydi. Saralash o'yinlarida yo'qotgan ochkoni keyingi bahslarda qaytarib olish mumkin. Ammo qisqa turnirlarda emas.


- Musobaqada qaysi jamoalar siz uchun qiziq?

- BAA va Iordaniya yaxshi o'ynasa kerak. BAAning bu avlodi ko'p yillar davomida shakillanib kelyapti.


- Arablarni ikki xilda ko'ramiz. Masalan, Iroq va Saudiya Arabistoni azaldan o'z jamoasiga ega bo'lib kelgan, Qatar esa asosan chetdan kelgan futbolchilar yordamida natijaga erishmoqchi. Ularning qay biri bilan o'ynash qiziq?

- Saudiya Arabistoni biz kabi texnikaga tayanib o'ynaydigan terma jamoa. O'zingiz aytganingidek avvaldan o'z darajasiga ega bo'lgan terma jamoa hisoblanadi. Fors Ko'rfazi Kubogida ham ularni o'yinini ko'rdik, Qatardan yaxshiroq harakat qildilar.


- Iordaniya va Iroqqa qarshi kechadigan o'yinlar bilan Osiyo Kubogiga bora olamizmi?

- Guruhdagi asosiy raqib Saudiya Arabistoni. SHunday ekan, bu ikki terma jamoaga qarshi o'yin biz uchun muhim. Qolaversa, bu ikki terma jamoa so'nggi yillarda mutaxassislar etiborini qozonib kelishyapti.


- SHavkat Mullajonov Osiyo Kubogiga tayyormi?

- Dekabr oyida 5ta o'yin o'tkazamiz. Avstraliyada yana bitta o'yin bo'ladi. Jami 6ta uchrashuv ayni muddao. Nafaqat men, bakli jamoadoshlarim ham tayyorlar deb hisoblay olaman. Dastlabki ikkita o'yin bilan jismonan to'yingan bo'lsak, keyingi to'rttasida taktik va texnik jihatdan o'sishga erishamiz.


Nodirxo'ja Yuldashev 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика