So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Ilhom Xanjariev: "Mamlakatimizda ayollar futboli katta salohiyatga ega" Yangiliklar

Ilhom Xanjariev: "Mamlakatimizda ayollar futboli katta salohiyatga ega"

Joriy yilning 17-21 iyul kunlari Ilhom Xanjariev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Umid kubogi xalqaro turnirida ishtirok etdi.

Turnir yakunida jamoamiz ikkinchi o'rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo'ldi.

Terma jamoamiz ustozi Ilhom Xanjariev ayollar futboli kelajagi, turnir taassurotlari va rejalari haqida O'FA matbuot xizmati bilan o'rtoqlashdi.
 
- Ilhom Karimovich, Bishkekda o'tkazilgan «Umid kubogi» musobaqasidan qanday taassurotlar bilan qaytdingiz?

- Bishkekdagi xalqaro turnir yuqori saviyada o'tdi. Bizni kutib olishganidan boshlab, yaratilgan qulay shart-sharoitlarning barchasi bizni quvontirdi. Musobaqa Osiyo futbol konfederaciyasining barcha talablariga muvofiq tashkil etildi. Buning uchun biz mezbonlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Keyingi safar musobaqada ko'proq jamoalar ishtirok etishni va kamida 5-6 ta o'yin tashkil etilishini xohlardim. Umuman olganda, musobaqadan faqat ijobiy taassurotlar qoldi.
 
- Musobaqadan ko'zlagan asosiy maqsadingiz amalga oshdimi?

- Albatta, musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsadimiz shu yilning sentabr oyida SHri-Lankada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslari boshlanishidan oldin terma jamoamizga nomzod futbolchilarning kuchi va imkoniyatlarini baholab olishdan iborat edi. Ushbu musobaqadagi ishtirok jamoamizning xalqaro maydondagi birinchi ishtiroki edi. SHuning uchun bu turnir orqali yana qizlarning yangi sharoitlarga qanchalik moslasha olishi, begona yurtda o'zlarini tutishi va boshqa ko'plab jihatlarni ko'zdan kechirib oldik.

 
- Qizlarimiz uchun OCH saralash uchrashuvlariga tayyorgarligi qay darajada tashkil qilinmoqda?

- Musobaqadan oldin Toshkentda ikkita o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik, so'ngra Bishkekga yo'l oldik. O'yinlar davomida jamoamiz imkoniyatining taxminan 70% nigina ko'rsata olishdi. Texnik va taktik jihatdan hali bazi muammolar ko'zga tashlangan edi, lekin biz bu muammolarni bartaraf etib, o'yinimizda o'zgarishlar qilishga harakat qilmoqdamiz va bu tez orada o'z samarasini beradi.
 
- Sizning fikringizcha, tayyorgarlik jarayonida o'yinning qaysi jihatlari kuchaytirishimiz va mustahkamlashimiz kerak?

- Eng muhimi, qizlarning jismoniy holatini yaxshilash uchun ko'p ishlarni amalga oshirish kerak. Osiyo chempionatida qizlarimiz 45 daqiqadan iborat ikkita bo'limda maydonga tushishiadi va hozirgi holatimizda bu bir oz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Ikkinchi bo'limning oxiriga kelib ular allaqachon charchab qolishgan va jismoniy jihatdan o'yinni ko'ngildagiday davom ettira olmay qolishadi. Biz jamoaning barcha azolariga uyda bajarishlari uchun alohida mashqlar bermoqdamiz. Qizlar o'z kamchiliklarini bartaraf etish uchun murabbiylar nazorati ostida muntazam mehnat qilishlariga to'g'ri keladi
 
-  Qirg'izistondagi turnir davomida barcha qizlarni ko'zdan kechirishga ulgurdingizmi yoki terma jamoaga nomzod boshqa futbolchilar ham bormi?

- Turnir davomida biz asosiy tarkibning 80 foizini aniqlab oldik. Malum sabablarga ko'ra, asosiy tarkibdagi ikkita qizi Bishkekka bora olishmadi - bittasining hujjatlarida kamchiliklar mavjud bo'lgan bo'lsa, ikkinchisining jarohat bor edi. Ular tezroq safimizga qaytish uchun qisqa vaqt ichida ko'p mehnat qilishlariga to'g'ri keladi. Har qanday holatda ham biz ularga ishonamiz va Kolomboda ular jamoamizga yordam bera oilshlarga umid qilamiz.
 
- Osiyo chempionatining saralash bosqichida guruhimizdan o'rin olgan raqiblar haqida fikringiz qanday?

- Saralash raundida ikki terma jamoa reytingda bizdan pastroqdan o'rin olishgan. Bular Guam va SHri Lanka terma jamoalari. Bu musobaqa ular uchun birinchi xalqaro turnirdir. Iordaniya terma jamoasiga to'xtalib o'tadigan bo'lsam ularda bugungi kunda ayollar futboli rivojlanmoqda va ular bilan bo'ladigan o'yin oson bo'lmaydi. Guruhimiz va Osiyo mintaqasining favoriti bu so'zsiz Xitoy terma jamoasidir. Ular bugungi ancha kuchlilar. Xitoy ko'plab musobaqalarning finalchisi hisoblanadi. Turli yosh toifalarida xalqaro musobaqalarning g'olibi hisoblanadilar. SHunga qaramay biz Xitoyga munosib qarshilik ko'rsata olishimizga ishonaman.


- Bugungi kunda FIFA va OFK ayollar futbolini rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqda. O'zbekistonda ayollar futboli qanday rivojlanmoqda?

- Avvalo, futbol bu sog'lom turmush tarzidir. Sog'lom turmush tarzi esa sog'lom nasl va sog'lom millat deganidir. O'zbekistonda ayollar futboli 20 yildan buyon rivojlanib bormoqda. Bugun biz rivojlanishimizning eng yuqori cho'qqisiga chiqmoqdamiz va Osiyodagi eng yaxshi jamoalar - Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va SHimoliy Koreya darajalariga etishga harakat qilmoqdamiz. Ular hozircha bizdan oldinda bo'lsalar ham, mamlakatimiz ayollar futbolida katta salohiyatga ega va agar biz to'g'ri yo'nalishda harakat qilsak, yaqin orada xalqaro maydonda mamlakatimizning sharafini munosib himoya qila olamiz.

Umid qilamizki, kelajakda, erkaklar futbolida bo'lgani kabi, ayollar futboli ham o'z xarakteriga ega bo'ladi va bizda futbolchilarni saralash uchun tanlov ko'payadi. Har xil yosh guruhlari, olimpiya terma jamoasi va milliy terma jamoalarga  futbolchilar etishmovchiligi yuzaga kelmaydi. So'zim yakunida, ayollar futboli rivojlanishi uchun bizlarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan O'zbekiston futbol associaciyasiga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика