So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  3 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Ilhom Hamroev : “So'g'diyona” bundan ortig'iga qodir” Yangiliklar

Ilhom Hamroev : “So'g'diyona” bundan ortig'iga qodir”

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 17-turida “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida “Neftchi”ni qabul qildi. Dastlabki uchrashuvda durang natija qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi o'yinda jamoamiz irodali g'alabaga erishdi.

Mazkur bahsda o'z gollari bilan “So'g'diyona”ning g'alabasiga o'z hissasini qo'shgan Ilhom Xamroev o'yin yakunlangach, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

- Kechagi o'yinda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Bugun esa o'sha xatolardan to'g'ri xulosa chiqargan holda irodali g'alabaga erishdik. Bilsangiz kerak, “So'g'diyona” futzal jamoasi tarkibiga davralar oralig'ida qo'shildim. Bu erda jamoadagilar meni juda iliq kutib oldi. Jamoadagi ichki  muhit alo darajada deyish mumkin. Maydonda biz har doim bir-birimizni tushungan xolda, jipslashib xarakat qilamiz. Jizzaxda futzalga juda katta etibor berishadi.  Raxbariyat va murabbiylar shtabining olib borayotgan ishi “So'g'diyona”ni bundan ortig'iga qodir ekanligini anglatadi. Kelgusi mavsumda medallar uchun kurashamiz.

- Yana bugungi o'yinga qaytadigan bo'lsak, bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Zaldagi ushbu muhit bizni faqat oldinga chorladi.  Yana qaytaraman, Jizzaxda futzalni juda ardoqlashadi. SHu sababli ham bunday jamoada, bunday ajoyib muhitda o'ynash har doim yoqimli.

- Keyingi turda “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boramiz. Diqqat etiborimizni ushbu o'yinga qaratamiz –deya so'zini yakunladi Ilhom Hamroev.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика