Ilhom Suyunov: "Loy jangi yodimda"
16 okt 2015 14:58
Yangiliklar


Ilhom Suyunov: "Loy jangi yodimda"
- Avvalo ramziy terma jamoadan o'rin olganimdan xursandman. Finallarga kelsam 2007 yil MHSK stadionida bo'lib o'tgan "loy jangi"ni yaxshi eslayman. O'sha paytlari "Bunyodkor" endi paydo bo'lgan va birinchi urinishda finalga chiqqan edi. Tarkiblar teng ko'rinishda edi. Omad bizga penaltilar seriyasida kulib boqdi. Rashid G'ofurov penaltini bajara olmaganidan so'ng bizdan Temur Jo'raev gol urib bizga kubokni tuxfa etgan edi.
Yana 2009 yilni eslayman. Xayrulla Karimov o'yinni boshidan qizil kartochka olib chiqib ketadi. Qizig'i uni maydon tashqarisiga o'zim ovutib kuzatib qo'yganman, o'yin tugashiga oz qolganida buni qarangki, o'zim ham qizil kartochka oldim. Ikkinchi sariq kartochkani G'ofurovni quvlab qolganimda berishgandi. Qaerdan bilay men futbolda o'yinchini quvlab bo'lmasligini (kuladi).
- Ertangi o'yindan Suyunov nimani kutyapti?
- To'g'risini aytsam hozir biroz futboldan chetdaman. Ertaga kim kuchli bo'lsa o'sha jamoa g'alaba qozonsin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar