So’nggi yangiliklar

22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  0 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  6 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16

Ilhom SHaripov: "Birinchi Liga bahslari ancha shiddatli va keskin ruhda o'tmoqda" Yangiliklar

Ilhom SHaripov: "Birinchi Liga bahslari ancha shiddatli va keskin ruhda o'tmoqda"

Dinamo - UzDongJu (1:0) o'yinidan keyin Dinamo bosh murabbiyi Ilhom SHaripov uchrashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.
- Ancha asabiy o'yin kuzatildi. 8 ta sariq kartochka va bitta chetlatish. Bahsning shu qadar keskin o'tishini kutganmidingiz?

- CHindan ham juda asabiy va shiddatli futbol namoyish etildi. Kutganimdek, UzDongJu jamoasi ancha shakllangan va tartibli o'yin namoyish etdi. Yigitlarimiz maydonda borini berib to'p surishdi. O'yin so'nggiga yaqin raqibning bir kishi kam bo'lib qolganligi bizga qanotlar orqali hujum qilishimizga ko'proq imkoniyat berdi. Natijada bundan foydalanib, qiyin o'yinda g'alabaga erishdik. Yigitlar o'yinidan qoniqdim. Muhim g'alabadan xursandmiz. Jamoamiz muxlislarini quvontirishda davom etishimiz kerak.

- Azamat Bobojonov va Viktor Klishinlarning tiklanish jarayoni qay daraja ketmoqda?

- Bobojonov tibbiy ko'rikdan o'tdi. Uning oyog'idagi jarohati bitishi uchun 10 kuncha vaqt ketadi. Hujumchimiz Viktor Klishin esa safga qaytdi. Nasib qilsa, u Xorazm va Nukusdagi keyingi tur o'yinlarimizda maydonga tushadi.

- Yakunlangan to'rt turt bahslaridan so'ng turnir haqida qandaydir xulosalar qila olasizmi?

- Birinchi Liga bahslari ancha shiddatli va keskin ruhda o'tayotganligini ko'rib turibsiz. Aynan mana shu turnirda ochiq va tezkor futbolga guvoh bo'lish mumkin. Bu erda hech bir futbolchining nomi yoki yoshiga qaralmaydi, barcha o'zini ko'rsatish va g'alaba qozonish uchun bor kuch va imkoniyatini ishga soladi.

Dinamo Matbuot xizmati.
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика