Ilhom Qurbonov: “Tayyorgarlik, transferlar, Mahmudov va "Patrick" haqida”
19 mar 2015 13:54
Yangiliklar
Ilhom Qurbonov: “Tayyorgarlik, transferlar, Mahmudov va "Patrick" haqida”
Muborakdagi safarimiz chog'ida tabiiyki “Mashal” klubi direktori Ilhom Qurbonov bilan ham uchrashdik.
OAV xodimlari bilan doimo yaxshi munosabatda bo'lib kelgan Ilhom Abdug'anievich jurnalistlar bilan o'tirib, barcha savollarimizga javob berib o'tdi. Suhbat davomida u kishining teran fikrlari etiborimizni tortdi.
TAYYORGARLIK VA SELEKCIYA HAQIDA
- O'tgan yili chempionatni 5-o'rinda yakunlanganmiz. Bu yil natijani yanada yaxshilash uchun joriy mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rishga intildik. Yig'inlar Yangier va Toshkentda olib borildi. Tarkibda o'zgarishlar amalga oshirildi.
- Bu borada ham 50x50 deyishim mumkin. Bizning 4 yillikka mo'ljallangan rejamiz bo'yicha bu yil ham etiborimizni mahalliy yoshlarga qaratish edi. SHu bois yanvar oyida asosan akademiyamizdan etishib chiqqan o'yinchilarni jalb etdik. Bu yil safimizni Mo'ydin Mamazulumov, Jahongir Abdumo'minov, Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov singari o'yinchilar tark etdi. Mamazulumov shartnomasi tugagani bois erkin agent sifatida jamoani tark etdi. Abdumo'minov, SHukurov va SHomurodovni esa “Olmaliq” bilan “Bunyodkor”ga transfer qildik.
Lekin ularni hozir sizlarga qancha summaga sotilgani haqida aniq gap ayta olmayman. Bu klubning ichki siri. Lekin bir narsani aytaman, SHomurodov va SHukurovning transferidan kelib tushgan summaga Muborak shahrida suniy maydon qurishni rejalashtirganmiz. Yana shuningdek boshqa o'yinchilarni ham birinchi liga jamoalariga ketishiga ortiqcha qarshilik qilmadik. SHartnomasi mavjud o'yinchilarga bitta shart qo'yganmiz. Yani klubni butunlay tark etmoqchi bo'lgan futbolchi akademiyadagi bolalar uchun malum miqdorda to'p yoki boshqa jihoz olib beradi. CHunki unga o'z vaqtida “Mashal” ham harajat qilganligini unutmaslik kerak.
LEGIONERLAR TO'G'RISIDA
- Xorijlik futbolchilarni taklif etishdan oldin ularni puxta o'rganamiz. MDX davlatlari orasida bugungi kunda ukrainalik legionerlarni kuchli deb bilaman. O'tgan yili yana oliy ligaga qaytib, ishtirok eta boshlaganimizda tarkibimizda birgina Andrey Derkach to'p tepdi. Bizda akademiya ishlab turibdi. Bu paytga kelib, o'rta saviyadagi legionerlarni olib kelishdan mano yo'q. Ko'p klublar xorijlik o'yinchini katta summaga olib kelib, kamiga PFLga 50 million so'm miqdorida pul ham to'laydida, ko'proq o'ynatishga xarakat qiladi. Vaholanki aslida u legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun emas.
- Agarda bu yil safimizga kelib qo'shilgan legionerlar bilan shunday xolat uchrasa, shaxsan men o'zimizning o'yinchilarga imkoniyat bergan bo'lardim. CHunki mahalliy futbolchi bilan kamida 2 yillik shartnoma imzolaganmiz. Bizga ko'proq shunday foyda bo'ladi. Legioner o'yinchisi esa bir mavsum o'ynab ketaveradi va yana uni o'rniga boshqa futbolchini topishga majbur bo'lasiz.
- Bu yil ikki nafar xorijlik futbolchini ro'yxatdan o'tkazdik. Belorussiyadan Mikita Bukatkin va Rossiyadan Vitaliy Ivanovni jamoamizga taklif etganmiz. Bu legionerlarni ham yuqori saviyadagi deb bo'lmaydi. Ammo ularni olishga majbur bo'lib qoldik. CHunki tayanch yarim himoyasida SHahzod SHaymanov jaroxatga yo'liqqan. SHu bois Bukatkin bilan shartnoma imzolashga qaror qildik. Hujumchi Vitaliy Ivanovni faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsangiz chakki emas. Ko'rsatkichlari yaxshi. Umid qilamizki, ular o'ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.
- Xorijlik futbolchilar bilan bir to'xtamga kelgunga qadar ayrim tushunmovchiliklar yuz berdi. Menimcha bu boshqa legionerlar bilan ham uchrasa kerak. Yani futbolchi klub talablariga mos kelsa, darhol uning agentlari ko'payib ketib qolmoqda. Lekin biz aldanib qolmaslik uchun hammasini xujjat asosida hal etdik.
- Bukatkin bilan Ivanovga to'lanadigan summa narxi u qadar yuqori emas. Deyarli o'zimizning futbolchilarniki bilan bir xil deyish mumkin.
DOSTON ABDURAHMONOV XUSUSIDA
- Markaziy yarim himoyaga o'yinchi zarur edi. SHunda biz Doston Abdurahmonovga qiziqdik. To'g'ri unda jarohat bor. Lekin jaroxatidan forig' bo'lganidan keyin jamoamizga yordam beradi deb o'ylayman. Nima uchun aynan Abdurahmonov? CHunki boshqa munosib nomzodni ko'rmadik. Dostonni “Bunyodkor”dan sotib olganmiz.
TARKIBGA YANGI KELIB QO'SHILGAN BOSHQALAR HAQIDA
- O'z vaqtida “Mashal” tarkibida o'ynab, muxlislarga tanilgan Jahongir Jiyamurodov yana jamoamizga qaytdi. 28 yoshli futbolchi Muborakdagi akademiya tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
- SHuningdek mavsumlar oralig'ida Iqbol Boboxonovni ham tarkibga qo'shib oldik. 26 yoshli himoyachi bir necha yillardan buyon “Neftchi” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Mudofaa chizig'ida raqobat ko'rsata oladi degan umiddaman.
- Samarqandlik Abdulla Nabiev ham endilikda jamoamiz uchun o'ynaydi. O'tgan mavsumda u “Dinamo”da 23ta o'yinda maydonga tushgan.
- “Buxoro”dan kelgan Firdavs Asadov ham hali o'z so'zini aytadi degan umiddaman.
Bu yil tarkibga yangi kelib qo'shilgan mahalliy futbolchilar bilan ikki yillik shartnoma imzoladik. Legionerlar bilan esa bir yil muddatga mo'ljallangan bitim tuzildi.
ALISHER MAHMUDOV BILAN TUZILMAGAN SHARTNOMA HAQIDA
- Haqiqatdan ham Alisher Mahmudovni bu yil jamoamizda ko'rmoqchi bo'lgandik. SHu bois u bilan muzokara o'tkazib, hammasini og'zaki kelishib olgandik. Namanganlik futbolchi Toshkentdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida bizning klub hisobiga o'tgandi ham. SHifokorlarimiz unga kerakli ko'rsatmalarni berdi. Ammo endi xujatlashtirish ishlari boshlanadigan paytga kelganida, uni “Navbahor”ga qaytarish borasida tashabbus bilan chiqishdi.
Jamoa ustozi Baxtiyor Ashurmatov bilan munosabatlarimiz yaxshi. U kishi Mahmudovni “Navbahor”da qolishini so'radi. Qolaversa Alisherni o'zi ham ortga qaytishni istadi. SHuning uchun qarshilik ko'rsatmadik. Agarda rasman kelishuvga erishgan Agarda rasman kelishuvga erishgan bo'lganimizda pofessionallarcha yo'l tutgan bo'lardik. Bu kabi xolatlarda tanish-bilishchilik, aka-ukachilik keyingi o'rinda turadi.
“PATRICK” FIRMASI BILAN HAMKORLIK TO'G'RISIDA
- Klub azolarini sport kiyimlari bilan taminlash uchun o'tgan mavsum “JOMA” firmasi bilan hamkorlik qilgandik. Bu yil esa “PATRICK” kelishuvga erishdik. Sababi shundaki bu firma bizga aytilgan dizayn bo'yicha liboslarni tayyorlab beradi. SHunda ham o'zimiz istagan miqdorda. Belgiyaning ushbu sport firmasi bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqdik. To'g'risi biz bu borada har ikki tomon uchun qulay bo'lgan kelishuv qilishni o'yladik.
Yani ushbu sport firmasining mahsulotidan foydalanish bilan birga uni reklama qilib boramiz. Bizga buning uchun ushbu firma qandaydir imtiyoz qilib berishi kerak. Xullas “PATRICK” bilan hozircha bir yillik kelishuv qildik. Agarda kelasi yil hammasi biz o'ylagandek kechsa hamkorlikni davom ettiramiz. Aksincha xolat yuz bersa, boshqa shunday firmalar bilan bog'lanib ko'ramiz. To o'zimiz istagandek kelishuvga erisha olmasak, izlanaveramiz. “PATRICK” liboslari sifat borasida ham bizga maqul keldi. Moddiy jihatdan aytarli katta farq yo'q.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar