Ilhom Qurbonov: “Mashal” o'z ananasini davom ettiradi"
10 noy 2014 11:11
Yangiliklar
Ilhom Qurbonov: “Mashal” o'z ananasini davom ettiradi"
2 noyabr kuni “Mashal” klubi o'zining 30 yillik yubileyini nishonlagani haqida xabar berib o'tgandik. SHu sababli bayram arafasida bir qator tadbirlar uyushtirildi.
Jumladan jamoaning bu yilgi mavsumdagi ishtirokiga bag'ishlangan matbuot anjumani ham tashkil qilindi. Unda ijrochi direktor Ilhom Qurbonov, faoliyatini yakunlagan Dilyaver Vaniev bilan Gabit Sapargaliev ham ishtirok etishdi. “Nasaf” bilan o'tkazilgan uchrashuvdan so'ng avval bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. SHundan keyin ijrochi direktor hamda futbolchilar jurnalistlarning savollariga javob berishdi.
- Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Dilyaver Vaniev bilan Gabit Gapargalievning keyingi taqdiri qanday kechadi?
- Ilhom Qurbonov: - Avvalo Sapargaliev haqida to'xtalib o'tmoqchiman. U jamoamizga 1998 yili kelgandi. Agar jarohati bo'lmaganida birinchi ligada ham, oliy ligada ham albatta o'ynagan bo'lardi va bugun Dilyaver Vaniev singari maydonga tushib uning ham xayrlashuvi uchrashuvini o'tkazgan bo'lardik. Afsuski, jarohat Gabitga bunday imkoniyatni bermadi. Lekin u jamoamizdan ketgani yo'q. Har doim biz bilan birga bo'ldi. Ammo jarohat olgach, o'zini tiklashi uchun ancha vaqt kerakligi bilindi. SHu bois futbolchini “Mashal”dan ketdi deb o'ylash noto'g'ri. Sapargaliev 16 yillik faoliyatini, kuchini faqat “Mashal”ga bag'ishladi. Uning boshqa klubda ish boshlashi biz uchun noo'rindir. Qo'pol qilib aytsam, ko'chada qolib ketsa bu biz uchun fojea bilan teng. SHu sababli Sapargaliev bilan Vaniev jamoamizda bo'lishi shart. Ayni paytda Gabit yoshlar jamoasida Vali Keldievga yordam berib kelyapti.
Dilyaver Vaniev haqida ham fikrlarim ijobiy. U bizning chinakam etakchimiz hisoblanadi. Og'ir paytda qolganimizda ham biz bilan birga bo'lib, o'z yordamini ayamadi. 2012 yilgi muvaffaqiyatsizlikda barcha o'zini aybdor deb hisobladi. SHu bois hammamiz birgalashib yangi marralar sari qadam tashladik. Bosh murabbiy – Aleksandr Xomyakov aytganidek, bir jamoa bo'lib mehnat qildik. Oddiy ishchimizdan, rahbargacha hamma birgalikda ishladi. Qiyin vaziyatda bir-birimizni qo'llab quvvatladik. Hech kim bizni tashlab ketmadi. “Mashal” doim anaasiga sodiq qoladi va hamisha o'z ishchilarini qadrlaydi. Vaniev oxirgi o'yinini o'tkazdi. Endi esa murabbiy sifatida faoliyatini boshlaydi. Bu borada ikkalasiga ham omad tilaymiz. Ularing bundan keyin ham jamoamizda qolishi 100 foiz aniq.
- 2014 yilgi mavsumdan to'liq qoniqish hosil qildingizmi? Keyingi yil uchun qanday rejalar bor?
- Ilhom Qurbonov: - Yil boshida jamoa qanday ko'rinishda bo'ladi, nechanchi o'rinni oladi, qabilida ko'p savol berishgandi. O'shanda “Mashal” birinchi o'ringa harakat qiladi degandim. Balki, bu gapim boshqalar uchun kulguli tuyulgandir. Ammo har qanday sport turida ham hamma faqat birinchi o'rin uchun kurashadi. CHempionat avvalida futbolchilarga har bir uchrashuvda faqat g'alaba qozonishni vazifa qilib qo'yganmiz. To'g'ri, taqvim tuzilganidan keyin hamma bizni autsayderga chiqarib qo'ygandi. Lekin biz o'zimizda xarakter, ishtiyoq borligini ko'rsatdik. Albatta, biz ham chempionlikni istardik, axir kim ham buni xohlamaydi?
Oliy ligadagi hech bir jamoadan o'zimizni kam deb o'ylamaymiz. To'g'risini aytsam, bu yil 5-o'rinni qo'lga kiritganimizdan xursandman. Oliy ligaga qaytgach, birdaniga 5-pog'onadan joy olish yaxshi natija. Aksariyat o'yinchilarimiz hali oliy liganing havosidan “nafas” olishmagandi. Rosti, ularning qanday o'ynab ketishini bilmagandik. Biroq tayyorgarlikka katta etibor qaratdik. Kelasi yili yanada yuqori o'rinlarga kurashishga harakat qilamiz. Har doim faqat g'alaba va muxlislarimizni xursand qilish uchun o'ynaymiz.
- Kelasi yili “Mashal” asosiy etiborini Kubokka qaratadimi yoki chempionatgami?
- Ilhom Qurbonov: - Qiziqarli savol bo'ldi. Ikkalasida ham yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Bu yil Kubokda o'zimiz kutgandek qatnasha olmagandirmiz. Ammo keyingi yili hammasi boshqacha bo'lishiga umid qilamiz.
- Ayni paytda nimalarni his qilyapsizlar? Bundan keyingi rejalar qanday?
- Dilyaver Vaniev: “Mashal”da unutilmas yillarni o'tkazdim. Fursatdan foydalanib jamoaning bo'lajak ishlariga rivoj tilab qolaman. Umid qilamanki, “Mashal” yaqin yillarda O'zbekiston sharafini xalqaro maydonlarda ham himoya qilishga kirishadi. Muxlislarga kelsak, ulardan cheksiz minnatdorman. Ishqibozlarimiz har qanday holatlarda bizni yolg'izlatib qo'yishmadi. Ular tufayli o'tgan yili birinchi ligada chempion bo'ldik, joriy mavsumda esa oliy ligadagi ishlarimiz yomon kechmadi. Muxlislarimiz bizni doim qo'llab-quvvatlashda davom etmoqdalar. Faoliyatimni davom ettirish masalasiga to'xtaladigan bo'lsam, hamon maydonga tushishni va o'ynashni istayman.
Ishtiyoqim oldin qanday bo'lsa, hozir ham o'zgarmagan. Afsuski, yillar o'tishi bilan har qanday ijrochi faoliyatini tamomlashga majbur bo'ladi. Menda ham shunday payt boshlandi. Bundan qochib qutulib bo'lmaydi. Mazkur masalada klub rahbariyati bilan gaplashib bo'ldim. Bu men uchun katta futboldagi oxirgi yil bo'ldi. Faoliyatim bunday kechganligidan birinchi navbatda Allohga har qancha shukr keltirsam kam. CHunki og'ir jarohatlar meni chetlab o'tdi. Futboldan keyin qanday ish bilan shug'ullanaman? Klub prezdienti SHermat Jo'raqulovich SHamsiev va ijrochi direktor Ilhom Abdug'anievich Qurbonovdan minnatdorman. Ular jamoada qolib ishlashimni taklif qildi. SHu bois “Mashal”da murabbiy sifatida ish boshlasam kerak. Albatta, hozir ushbu masalada hammasini batafsil hal qilganimiz yo'q. Avval mavsumni tugatib olaylik, so'ngra bafurja muhokama qilib olamiz.
- Gabit Sapargaliev: Klub rahbariyati menga ham “Mashal”da qolib ishlashni taklif qilishdi. Bundan xursandman. Jamoaga qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. Faoliyatim davomida to'plagan tajribalarim endi murabbiy sifatida menga qo'l kelishidan umidvorman.
- Bu yil “Mashal” oldiga qo'yilgan vazifani bajardi. Qolaversa, uning yoshlari o'rinbosarlar orasida chempion bo'ldi. Endi bundan keyingi maqsadlar qanday bo'ladi? Aytmoqchimanki, yoshlar tarkibidan o'yinchilarni jalb qilasizlarmi yoki chetdan ham o'yinchilar olib kelinadimi?
- Ilhom Qurbonov: - “Metallurg”ga qarshi o'yindan keyin klub rahbarlari va bosh murabbiy bilan yig'ilish o'tkazib, unda kelasi yili qanday maqsad uchun kurashishimiz borasida kelishib olamiz. Agar sovrinli o'rinlar uchun harakat qilishimizni aytishsa, u holda shunga qarab ish tutamiz. Ammo akademiyadagi yigitlarimizga ham etibor beramiz. O'z mahsulotimizdan burilib ketsak ham noto'g'ri bo'ladi. Bilasiz, klubimizning o'z anaasi bor. Bundan boshqacha bo'lishi mumkin emas. SHuni alohida aytishim kerakki, chindan ham sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritish vazifasini shart deb qo'ysa, u holda yaxshi saviyadagi legionerlarning xizmatiga tayanishimiz kerak bo'ladi. SHuningdek, boshqa jamoalarda o'yin sifatida faollik sezilgan futbolchilarni ham taklif qilishimizga to'g'ri keladi. Rosti, men 5-o'rinni havas qilmadim. Agar mendan sening vazifang qanday deb so'rashsa, tarkibni yanada yoshartirib, har bir o'yinda g'alaba bilan muxlislarni xursand qilishni hamda terma jamoalarimizga yanada ko'proq kadrlarni etkazib berish kerakligini aytardim.
- Hozirgi kunda “Mashal” bilan “Paxtakor” O'zbekistondagi eng yosh jamoalardan hisoblanadi. SHu bois iqtidorli futbolchilarga etakchi jamoalardan xaridorlar ko'p bo'ladi. Bu borada muammolar tug'ilib qolsa, qanday hal qilasizlar?
- Ilhom Qurbonov: - Rahbar sifatida bunday muammolarga ko'p duch kelyapmiz. Marketingni rivojlantirish hamda klub o'zini-o'zi mablag' bilan taminlashi borasida ko'p gapirilyapti. Agar futbolchimizga yaxshi narx to'laydigan jamoa bo'lsa, albatta sotamiz. Balki ayrim dasturlar yuzasidan orqaga qadam tashlagan bo'lishimiz mumkin. Ammo biz ikki qadam orqaga qadam tashlagan bo'lsak, bu bilan yangi hujumga, yangi avlodni tayyorlashga poydevor qo'yyapmiz. Qaysidir futbolchimizni sotib oladigan klub bo'lsa va u bizning shartimizga rozi bo'lsa, sotishga tayyormiz. Marketingizmizni rivojlantirishimiz kerak.
- “Mashal” akademiyasi doim terma jamoalarga munosib o'yinchilarni etkazib berish bilan nom qozongan. Ammo oxirgi yillarga kelib bu boradagi faollik kamaygandek taassurot uyg'otyapti. Buning sababini nima bilan bog'lagan bo'lardingiz?
- Ilhom Qurbonov: - Ayrim muammolarimiz bor. Masalan, 1998 yilda tug'ilgan futbolchilar orasida terma jamoaga 12 ta nomzod o'yinchimiz bor edi. Ammo keyinchalik ular nima uchun uchta qoldi? Nimaga boshqa jamoalarning nomzodlari ko'payib ketdi? Futbolchilarga birov etibor qilmagani uchun uchtasi “Paxtakor”, bittasi esa “Nasaf” akademiyasiga ketdi. Ularning nomlarini aytmayman. Agar ular biz bilan bo'lishganida albatta ko'rsatkich yuqori bo'lardi. Balki bu xatoimiz bo'lishi ham mumkin. SHu bois avval o'zimdan ayb qidirishga harakat qilaman. Aynan shu tomonlama muammolarimiz bo'lyapti. Baribir vaqti soati bilan hammasini o'z joyiga qo'yamiz. Ikki qadam orqaga yurgan bo'lsak-da, bu bilan taslim bo'lganimiz yo'q. To'rt yillik rejamizni tasdiqladik va murabbiylar shu reja asosida ishlashni boshlashdi. Asta-sekin mahsulotlarimiz ko'payib boradi.
- To'p surgan ampluangizga qarab qaysi yosh futbolchilarni o'rningizga nomzod sifatida ko'ryapsizlar?
- Dilyaver Vaniev: - Bu borada nomma-nom ayta olmayman. Bosh murabbiy uchrashuvlarda tajribali ijrochilardan tashqari yoshlarga ham imkon havola qilmoqda. Bunday kezlarda yoshlar ko'pni ko'rgan malakali sheriklaridan o'yin borasida ancha narsa o'rganadilar. Ular birgalikda qancha ko'p maydonga tushsalar, o'zlariga shuncha yaxshi bo'ladi.
- Gabit Sapargaliev: - Klubimizdagi har bir o'yinchi maydonga tushishga munosib ekanligini isbotlab berdi, deb hisoblayman. Umid qilamanki, yoshlar yaqin yillarda katta o'sishga erishadilar.
FIRDAVSXON.

Fikrlar