So’nggi yangiliklar

22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  2 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2

Ilhom Mo'minjonovning gapi to'g'rimi? (statistika) Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonovning gapi to'g'rimi? (statistika)

Teglar :  Pro Liga
Bugun "Neftchi" ustozi Ilhom Mo'minjonovning shogirdlari mavsum davomida umuman penalti tepmagani holatda ham barchadan ko'proq gol urgani to'g'risidagi fikri elon qilindi.

SHundan keyin Pro liganing joriy mavsum statistikalari to'g'risida malumot berishga qaror qildik. Eslatib o'tamiz, quyidagi malumotlarning barchasi 11-tur yakunlariga ko'ra hisoblangan.

Eng ko'p g'alaba va mag'lubiyat

Mavsumdagi g'alabalar soni bo'yicha Farg'onaning "Neftchi" klubi etakchi bo'lib turibdi — 7 ta. G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi esa mag'lubiyatlar soni bo'yicha peshqadamlik qilyapti — 8 ta. 11-turdan keyin biror marta g'alaba qozonmagan yagona jamoa ham "SHo'rtan". Joriy mavsum durangga rozi bo'lmagan yagona klub esa "Dinamo".

Eng ko'p va kam gol urgan jamoalar

Raqiblari darvozasiga eng ko'p to'p kiritgan jamoa Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" hisoblanadi — 22. Bu boradagi eng yomon natija ham "SHo'rtan"ga tegishli — 2 ("SHo'rtan" G'uzordagi o'yinlarda umuman gol urolmagan).

Penaltidan eng ko'p foyda ko'rgan jamoalar

Ortda qolgan 11 turda jami 40 ta o'yin o'tkazilgan bo'lsa, mazkur bahslarda hakamlar 11 bor 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan. Penalti tepgan jamoalar orasida Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" etakchi bo'lib turibdi. To'liq statistika bilan tanishing:

jamoapenalti
"Olimpik"4
"Aral Samali"2
"Oq-tepa"2
"Buxoro"1
"SHo'rtan"1
"Xorazm"1


Malumot uchun, "Neftchi", "Yangier" va "Dinamo" klubi futbolchilari hali biror marta penaltidan foydalanishmagan.

Eng ko'p penalti tepilgan o'yin

G'uzorning "SHo'rtan" klubi Pro liganing dastlabki turida Nukusga safar qilgan. O'shanda uchrashuvni boshqargan Asker Najafaliev 3 marta 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.

Penaltidan eng ko'p aziyat chekkan jamoalar

Bu borada ham G'uzorning "SHo'rtan" klubi etakchi bo'lib turibdi. To'liq statistika:

jamoapenalti
"SHo'rtan"4
"Aral Samali"2
"Yangier"2
"Oqtepa"1
"Buxoro"1
"Xorazm"1


Malumot uchun, "Olimpik", "Neftchi" va "Dinamo" klublari darvozasiga hali biror marta penalti belgilanmagan.

Amalga oshirilmagan penalti

Joriy mavsumda belgilangan faqat bitta penalti golga aylanmadi. Bu voqea 8-tur doirasida o'tgan "Xorazm" 1:1 "Olimpik" o'yinida sodir bo'lgan. O'shanda Toshkent klubi yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov qulay imkoniyatni yo'qqa chiqargan.

Umumiy

Ortda qolgan 11 turda 40 ta o'yin o'tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda jami 118 ta gol urilgan. Bu har o'yinga o'rtacha 3 tadan to'g'ri keladi.

40 o'yinda jami 160 ta sariq kartochka ko'rsatilgan. Bu har o'yinga o'rtacha 4 tadan to'g'ri keladi. Bundan tashqari, referilar 5 bor 2-sariq kartochkadan keyin qiziliga murojaat qilishgan bo'lsa, 7 marta futbolchilar to'g'ridan to'g'ri maydondan chetlatilgan.

"Olimpiko"dagi holat "Olimpik"ning o'yinida ham sodir bo'ldi

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика