Ilhom Mo'minjonov: "Xorazm" bilan o'yin qiyin bo'lishi oldindan kutilgandi"
30 avg 2021 14:48
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov: "Xorazm" bilan o'yin qiyin bo'lishi oldindan kutilgandi"
"Qiyin o'yin bo'lishini kutgan edik. "Xorazm" Pro ligada o'z maydonida yutqazmagan jamoalardan biri edi. "Dinamo", "Buxoro", "Olimpik"ga mag'lub bo'lmagandi. Tarkibida sifatli futbolchilar borligini bilardik. SHunga qaramasdan yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondik. Yarim himoya va hujum chizig'i vakillarimiz yaxshi harakat qilishdi. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana oldik. "Buxoro" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.
"Xorazm" birinchi golga qadar oldingi bahslarda ehtiyotkorlik bilan to'p tepayotgandi. Ularga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Standart vaziyatdan gol urganimizdan so'ng raqib ochilishni boshladi. Bunga qadar 5ta himoyachi bilan o'ynayotgandi. Mana shu pallada o'z o'yinimizni yo'qotmasdan pozicion harakatlarimizni kuchaytirdik.
Hozirda maqsadimiz Superligaga chiqish. SHundan so'ng qolgan masalalarni ko'rib chiqamiz",- deydi Ilhom Mo'minjonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar