So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  2 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  2 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  4 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ilhom Mo'minjonov: "Taktik xatoga yo'l qo'ydim" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Taktik xatoga yo'l qo'ydim"

Teglar :  LokomotivNavbahor
"Lokomotiv" - "Navbahor" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugungi o'yinda jamoamiz ijrosida birinchi marotaba shiddatni ko'rmadim. "Lokomotiv" albatta turnir peshqadami va ustunlikka erishdi. Ikkinchi taymda mening taktik xatolarim tufayli gollar o'tkazib yubordik. Birinchi taymda himoyaviy o'ynagandik, ikkinchi bo'limda esa uslubni o'zgartirganimiz bizga pand berdi.
O'yinda nafaqat taktik, balki umuman shiddat ko'rinmadi. Hozircha kiyinish xonasida hech narsa demadim. Qisqa tatildan keyin Namanganda yig'ilamiz va o'shanda futbolchilar bilan gaplashi olamiz. Yana qaytaraman, tanaffusdan keyin meni taktik xatoim tufayli yutqazdik.

Mahorat bobida albatta "Lokomotiv" futbolchilari ustun, ammo biz ushbu bahsda shiddatkorona o'ynay olmadik. Bu nima bilan bog'liqligi tushunarsiz. Buni tezda to'g'irlashimiz kerak.

Abbos Mahstalievni o'ng qanot himoyasida o'ynagani? To'g'risi, bahona qilishni yoqtirmayman. Ammo etakchilarimiz yo'qligi sababli o'ng qanotda Maxstalievdan boshqa nomzodni ko'rmadim. SHu boisdan majburan uni bu joyda o'ynatdim. SHuningdek, Otaxonovni ham bugun ilk bor chap qanot himoyasida o'ynatishga to'g'ri keldi. Bugun o'yinda har ikkala qanotimiz oqsadi. Mag'lubiyatni to'liq o'z zimmamga olaman va natija uchun doim murabbiy javobgar bo'ladi, - deydi Mo'minjonov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика