So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Ilhom Mo'minjonov: “O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi”

Superliganing 10-turidan o'rin olgan “Buxoro” - “Navbahor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa darvozaboni Akbar To'raev ishtirok etdi.

Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” bosh murabbiyi): - Bugungi g'alabamizni “Navbahor”  muxlislariga bag'ishlaymiz. Ayrim muxlislarimiz hattoki, Buxoroga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turishdi va ularning ishonchlarini oqlaganimizdan xursandman. SHogirdlarim bugun ajoyib o'yin namoyish etib, zafar quchishdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

O'yindagi to'xtalishlar futbolning bir qismi. Yutqazayotgan jamoa azolari esa buni ataylab vaqtni  cho'zish, deb tushunishadi. Oldingi turda Namanganda “Neftchi”ga qarshi kechgan bahsda ham xuddi shunday holat yuz bergandi. Bizga farg'onaliklar vaqtni cho'zgandek tuyulishgandi. Bahsdagi to'xtalishlarning ko'pi darvozabonimiz Akbar To'raev bilan bog'liq bo'ldi. Yana bir darvozabonimiz Botirali Ergashev O'zbekiston olimpiya terma jamoasi yig'inida qatnashyapti. Akbar To'raevda biroz jarohat bo'lishiga qaramay, uni tavakkal qilib, maydonga tushirlik. Yaxshi, u o'yinning oxirigacha o'ynadi.

Akbar To'raev (“Navbahor” darvozaboni): - Ustozimiz Ilhom Ibrohimovich takidlaganlaridek, g'alabamizni jamoamizning barcha muxlislariga bag'ishlaymiz. Uchrashuv juda qiyin kechdi. SHunday bo'lsa-da, zafar quchdik. Keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlaymiz, degan umiddaman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика