So’nggi yangiliklar

23:27Расман: АПЛ клуби ўйин куни бош мураббийни истеъфога чиқарди  0 23:13"Бухоро" мавсумни қайси стадионда бошлаши аниқ бўлди  1 23:06Испания Суперкубоги. "Реал" - "Мальорка" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 22:50"Барселона": Шкафлар сотилади  7 22:33"Астон Вилла" 150 йиллик юбилейига атаб либос тақдим қилди  0 22:09Ўзбекистон аёллар терма жамоаси футзалда Хитойдан устун келди  2 21:50"Милан"нинг қишки трансферлар ойнаси вақтидаги асосий мақсади ким бўлади?  1 21:30Тили сабабли Лапорта ишдан кетиши мумкин  6 21:05Саудия Арабистони. "Ал Насср" - "Ал Уҳдуд" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:48"Барселона" футболчилари бойкот эълон қилишмоқчи?  10 20:35Акмал Мозговой Европа сари йўл олиши мумкин  16 20:23Гёкерешга Германиядан харидор бор  1 19:59"Зенит" Алиссонни сотиб олмоқчи  3 19:42Қарс икки қўлдан чиқади. Ҳакамлар қайтариладими?   12 19:32"Челси" январда тўрт нафар футболчиси билан хайрлашади  4

Ilhom Mo'minjonov: "Odil Ahmedov tufayli "Navbahor"ga keldim" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Odil Ahmedov tufayli "Navbahor"ga keldim"

Oliy ligaga o'tish o'yini "Navbahor" - "Norin" (3:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "lochinlar" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Avvalo butun Namangan shahrini "Navbahor" Oliy ligada qolgani bilan tabriklayman. "Navbahor" har doim Oliy ligada bo'lgan va har doim Oliy ligada qatnashadi. Bu bilan butun klub va xodimlarni na bir marotaba muborakbod etaman. Meni "Navbahor" klubiga kelishimga Odil Ahmedovning qo'ng'irog'i sabab bo'lgan. Ahmedov bilan ko'rishib, gaplashib olgach "Navbahor" klubini qabul qilib olganman. Namangan viloyat hokimi bilan ko'rishib, jamoani hozirgi holatidan olib chiqishga, Oliy ligada olib qolishga vada bergandim. Bu ishni yordamchilarim bilan birgalikda uddalaganimdan benihoyat xursandman. "Navbahor"ning holati juda og'ir edi. Ammo qo'l ostimdagi futbolchilar bilan bu ishni uddalashga ko'zimiz etgandi.

- "Navbahor" bugun omad evaziga "Norin"ni mag'lub etdi. Bu fikrga qo'shilasizmi?

- Ha. Qorli havoda oliy liga va birinchi liga jamoalari bir xil darajada futbol ko'rsatishadi. Bu ob-havo jamoalar imkoniyatini tenglashtirib qo'yadi. Har yili PFL Kubogi bo'ladi. O'sha musobaqada ham birinchi liga jamoalari ko'pincha Oliy liga jamoalarini yutib qo'yishadi. SHu bois ikki kun oldin jamoaga bizni juda qiyin o'yin kutib turganini alohida takidlagandim. Stadionda qor tozalanmaganini kecha bilgandim. Kecha o'yin oldidan mashg'ulotni aynan shu stadonda o'tkazmoqchi bo'lgandik. Ammo qor tozalanmaganligi bois Qibraydagi stadionga ketgandik. U erda ham aynan qorda mashg'ulot o'tkazgandik. Ha, bugun omad bizga kulib boqdi. Omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Futbolchilarning, Xudoning qudrati bilan bugun g'alaba qozondik.

- Jamoani qabul qilib olishingizdan oldin "Navbahor" o'yin jihatidan juda ko'p kamchilik va muammolarga to'la edi. Kelasi mavsumda ham qo'l ostingizdagi futbolchilar xizmatidan foydalanasizmi yoki yangi nomlar orqali kuchli jamoani tuzmoqchimisiz?

- Jamoa 20 dekabrga qadar tatilga chiqdi. Keyinchalik jamoada futbolchilar yuzasidan o'zgarishlar bo'ladi. Asosan mahalliy futbolchilarga etibor qaratmoqchiman. Namanganlik ko'plab futbolchilar Oliy ligada boshqa jamoalar safida harakat qilishadi. Masalan "Neftchi", "Mashal" jamoalari ko'plab namanganlik futbolchilar o'ynashadi. Biz o'sha futbolchilarni jamoaga jalb etishga urinib ko'ramiz.

- "Navbahor" bilan o'rtadagi bitim qancha muddatga tuzilgan?

- SHartnomam shu yilning oxiriga qadar mo'ljallangan. Endi rahbariyat bilan yangi shartnoma borasida gaplashib olamiz. Bu masala hali ko'rib chiqilgani yo'q. Jamoa oldiga Oliy ligada qolish vazifasi qo'yilgandi. Qaytarib aytaman, Odil Ahmedov tufayli men "Navbahor"ga keldim. Ahmedov va viloyat hokimi so'ragan va oldimizga qo'ygan vazifani uddaladik. Yaqin kunlarda rahbariyat bilan uchrashamiz va yangi shartnoma bo'yicha kelisha olsak, "Navbahor" jamoasini kuchli beshtalikka olib chiqishga harakat qilamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика