So’nggi yangiliklar

08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  0 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  3 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  12 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  7 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  15 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  12 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  21

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi"da qariya futbolchilar juda ko'p emas" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi"da qariya futbolchilar juda ko'p emas"

Farg'onaning "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.





 
- Ilhom aka, jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidan qoniqish hosil qildingizmi?
- Assalomu alaykum. Mavsumoldi tayyorgarlikni boshlaganimizga mana 2 oy bo'ldi. Birinchi navbatda rahbariyatga, xususan viloyatimiz hokimi Xayrullo Bozorovga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga barcha zaruriy sharoitlarni yaratib berishdi, tavsiya qilingan futbolchilarni tarkibga jalb etishga yaqindan ko'maklashishdi. Buyog'iga endi rahbariyat oldimizga qo'ygan vazifani uddalashimiz kerak, birinchi navbatda jamoani PRO-Ligadan Superligaga olib chiqishimiz zarur. Bilasizmi, Superligaga chiqqanda ham "Neftchi"ni avvalgi darajasiga mos xolda olib chiqishimiz kerak. Jumladan Osiyo chempionatiga chiqish hamda chempionlik uchun kurashish bizdagi asosiy maqsadlar hisoblanadi.

- "Neftchi" bu mavsumda PRO-Liga, O'zbekiston kubogi hamda mavjud vaziyatga ko'ra agar tashkil etilsa, O'zbekiston liga kubogi musobaqalarida ishtirok etadi. Oldinda kamida 30 ta o'yin bor. Aytingchi, siz yig'gan tarkib rotaciyalarga tayyormi? Masalan kimdir charchab qolishi, jarohat olishi yoki diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin...

- Yaxshi savol bo'ldi. PRO-Liganing o'zida 26 ta o'yin o'tkazamiz. Bu yilgi PRO-Liga musobaqalari oson bo'lmaydi. So'ngi yillarda mazkur chempionat saviyasi juda ko'tarildi. Bundan tashqari O'zbekiston kubogi, Liga kubogi musobaqalari bizni oldinda kutib turibdi. Biz hozirgi vaqtda 25 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladik. Rahbariyat oldimizga vazifa qo'ydi, biz zaruriy tarkibni to'pladik. Nasib bo'lsa barcha musobaqalarda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Ilhom aka, so'ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda "Neftchi" o'z tarkibiga "qariya" futbolchilarni ko'proq jalb etdi degan fikrlar yangramoqda. Jamoa bosh murabbiyi sifatida tarkibga jalb etilgan tajribali va yosh futbolchilar haqida malumot bersangiz.

- Hozir bizda "qariya" futbolchilar soni unchalik ko'p emas. To'g'ri tarkibga bir qator tajribali futbolchilarni qo'shib oldik. Masalan Akmal SHorahmedov, Darko Stanoevich, SHavkat Mullajonov, SHerzod Karimov singari nomdor va tajribali futbolchilar jamoamiz safiga kelib qo'shilishdi. Oldingi chiziqlarga, yarim himoya va hujumga yosh futbolchilarni jalb etdik. Mana Sardor Abdunabiev, Ulug'bek Hoshimov, Ruslan Ro'zievlar ayni damda 20 yosh atrofidagi futbolchilar hisoblanadi. SHuningdek "Andijon" jamoasidan tarkibimizga kelib qo'shilgan Abdulloh Olimov ham yoshi katta futbolchilar sarasiga kirmaydi. Bundan tashqari Izzatbek Abdullaev, Azam Aliev, Abdul Aziz Yusupov kabi futbolchilar ham jamoamiz sharafini himoya qiladilar. O'ylaymanki, mavsum yakunida oldimizga qo'yilgan vazifalarni uddalab kerakli natijalarga erishamiz.

Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика