So’nggi yangiliklar

08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  2 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  2 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0

Ilhom Mo'minjonov: "Kubok uchrashuvlarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berayapmiz" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Kubok uchrashuvlarida o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berayapmiz"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Xorazm" 3:1 uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- Kubok o'yinlarini ikkinchi turida g'alabaga erishdik. SHogirdlarimdan minnatdorman, bugun biz qo'llagan taktika va rejalar ish berdi. Birinchi turda mag'lub bo'lgandik. Futbolchilar oldin ham aytganimdek raqibni mensimay maydonga tushishgandi. Bugun yutishimiz shart edi. Kubok uchrashuvlarida guruhdan chiqishimiz kerak. Futbolchilarning o'zlarida ham hohish bor. Guruhdan chiqib Superliga jamoalari bilan o'yinlarda o'zlarini sinab ko'rishmoqchi. Farg'onalik muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Ikkita o'yindan buyon tarkibda rotaciyalar qilmoqdasiz. SHu masala xususida ham izoh bersangiz.


- CHempionatda 5 ta tur davomida deyarli bir xil tarkib bilan harakat qilgandik. Kubok uchrashuvlarida o'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga ham imkoniyat berayapmiz. Jamoaviy o'yinni yanada yaxshilashga harakat qilayapmiz. Birinchi turda mag'lub bo'ldik, bugun mana g'alabaga erishdik. Baribir 3-4 nafar asosiy tarkib futbolchilarni maydonga tushirdik, ayrimlariga esa dam olish imkoniyatini yaratdik. "Qizilqum" bilan o'yinga chempionatda o'ynab kelayotgan futbolchilarni tushirsak kerak. CHunki bu o'yin orqali biz Pro-liganing 6-turida "Dinamo" jamoasi bilan o'tadigan o'yinga tayyorgarlik qilamiz.

- SHerzod Karimovning maydonga qaytishi jamoa o'yiniga qanday tasir ko'rsatdi?


- SHerzod Karimov mahoratli futbolchi. Unda jarohat bor edi. Bugun uni jismoniy xolatini to'liq tiklab olishi uchun maydonga tushirdik. Keyingi o'yinlarga nasib bo'lsa to'liq tayyor bo'ladi. Karimov biz uchun zarur futbolchi.

- Akbar To'raevning holati haqida malumot bersangiz.


- Akbar To'raev "Aral Samali" bilan o'yindan oldin jarohat olgandi. Asta-sekin tiklanayapti. Nasib bo'lsa keyingi o'yinlarda to'liq tayyor bo'ladi va uni maydonga tushiramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика