Ilhom Mo'minjonov: “Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz”
21 okt 2017 18:00
Yangiliklar


Ilhom Mo'minjonov: “Kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz”
“Qo'qon-1912” – “Navbahor” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ilhom Mo'minjonov ishtirok etdi.
"Bugungi o'yin jangovar ruhda o'tdi. Muxlislar 90 daqiqa davomida hujumkor o'yin guvohiga aylanishdi. Bitta o'yinchi kam bo'lib qolganimiz bizga pand berdi. Burchak to'pidan keyin kiritilgan birinchi gol o'yin natijasiga tasir qildi. Bu futbol, kamchiliklar ustida ishlashni davom etamiz.
Namanganlik muxlislar har doim bizni qo'llab-quvvatlab kelishadi. Buning uchun ulardan minnatdorman. Keyingi o'yinda o'z maydonimizda to'p suramiz. Ishqibozlarimizni xursand etishga harakat qilamiz", - deydi "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar