So’nggi yangiliklar

21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  0 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  1 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  19 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  21 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2

Ilhom Mo'minjonov: “Jizzaxdan yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Jizzaxdan yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz”

Superliga 5-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa posboni Botirali Ergashevlar ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi.

IlhomMo'minjonov: - Birinchi navbatda futbolchilarimizni namoyish etgan o'yinlari uchun katta rahmat aytaman. Yigitlar qo'llaridan kelganicha harakat qilib, jamoamizning yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazishdi, deb o'ylayman. Bugun bizga omad etishmadi. Azamat Allaniyozov va Azizbek Turg'unboevlar tomonidan yo'llangan zarbalardan keyin to'p darvoza ustuni va to'siniga tegib qaytdi. Bu futbol. Maydon tekis, to'p yumaloq, deb bejizga aytishmaydi. Keyingi o'yinlarga yanada yaxshiroq tarzda tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Nenad Niac hozirgi kunda o'zining optimal sport formasiga kira olmayapti. Garchi beshta tur ortda qolgan bo'lsada hujumchimiz gol ura olgani yo'q. Bugungi uchrashuvda u maydonga kichik jarohat bilan tushgandi. Uning harakatlaridan qoniqish hosil qilmadik. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatadi degan umiddaman. Himoya chizig'imizdan ko'nglim to'lmoqda. Bu xotirjamlikka berilishimiz uchun sabab bo'lmasada, beshta o'yinda darvozamizdan atigi ikkita to'p o'tkazib yubordik xolos. O'tgan mavsumdagi ko'rsatkichlarimiz yomonroq edi. Qanday holat bo'lishidan qatiy nazar hujumchilarimizga gol urish uchun imkoniyatlar beramiz. SHu paytga qadar urgan gollarimizni standart vaziyatlardan urganmiz. Bugun ham jarima zarbalaridan keyin raqib darvozamini nishonga olishga urinib ko'rdik. Lekin, bu borada aniqlik etishmadi. Oldinda bizni jiddiy o'yin kutib turibdi. “So'g'diyona” bilan o'tadigan uchrashuvga munosib tarzda hozirlik ko'rgan holda gollar urib yutuq bilan qaytishga harakat qilamiz. 

BotiraliErgashev: - O'yin keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Raqib darvozasi oldida yuzaga keltirilgan vaziyatlarda birozgina omadimiz yurishmadi deb o'ylayman. Himoyada bexato harakat qilgan bo'lsakda, hujumlarimizni samarali tarzda yakunlay olmadik.


"Navbahor" matbuot xizmati.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика