So’nggi yangiliklar

12:02Дибаланинг "Рома" билан шартномаси узайтирилди  0 11:34"Ал Насср" АПЛдан 80 млн евро эвазига форвард билан шартнома имзолашга тайёр  1 11:08Моуринью Фатини "Фенербахче"да кўрмоқчи. Клуб "Барса"га ўйинчи борасида харид қилиш ҳуқуқи билан ижара таклифини беради  0 10:03"Нефтчи" дарвозабони "Сурхон" таркибига келиб қўшилди  1 09:23Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бугун Осиё кубогидаги рақиби билан ўйнайди  0 09:00Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   55 08:35Александр Хомяков: “Йигитлар ғалабага бўлган иштиёқларини намойиш эта олдилар”  0 08:00Санжар Рашидов "Қизилқум"да  5 07:22"Локомотив" таркибида украиналик легионер кўрикдан ўтмоқда  0 03:26Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти: хато, ҳаёжон ва трибунадан қарсаклар  40 03:00Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Реймс"ни юта олмади, Кварацхелия дебют ўйинини ўтказди  1 02:59Ла Лига. Мбаппенинг хет-триги "Реал"га меҳмонда "Вальядолид"га қарши ўйиндаги ғалабани тақдим этди  18 01:30Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "У ҳали жуда ёш, ҳали ўрганиб олади. Ҳар қандай футболчи хато қилиши мумкин"  37 01:04Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти ҳақида фикр билдирди  50 00:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Челси" 3:1, Ҳусанов дебют ўйинини ўтказди  6

Ilhom Mo'minjonov: “Javohir Sidiqovning o'zi penalti bo'lmaganligi aytib uzr so'radi” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “Javohir Sidiqovning o'zi penalti bo'lmaganligi aytib uzr so'radi”

“Navbahor” va “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov ishtirok etib o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- O'yin shiddatli bo'ldi, bunga o'zinglar ham guvoh bo'ldinglar. Principial ahamiyatga ega “vodiy derbi”siga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rgan edik. G'alabani qo'ldan chiqardik. So'nggi ikki-uch daqiqada himoyadagi xatolar pand berdi. Yosh himoyachimiz Abbos Otaxonovga o'yin oxirida tajriba etishmadi. Mana shunday o'yinlar orqali futbolchimiz toblanib boradi. Oxirida o'tkazib yuborilgan gol alamli bo'ldi. Kovalenkoni oliy darajadagi hakam deb bilaman. Uni qanday saviyadagi hakam ekanligini muxlislarimiz ham yaxshi bilishadi. Hakamlarni xatti-harakatini muhokama qilishni istamayman. Hakamlarni o'yinini nazorat qiladigan masul shaxslar bor. SHunday ekan, Kovalenkoni o'yiniga nazoratchilar baho berishsa to'g'riroq bo'lardi. SHu sababli, bu mavzuda boshqa fikr bildirmoqchi emasman. Etiborli jihati, Javohir Sidiqovni o'zi maydondan chiqib ketayotib, penalti bo'lmaganligi aytib, futbolchilarimizdan uzr so'radi. Hattoki ko'zidan yosh oqqanligini ham etirof etishdi.

Bu yilgi mavsumda chempionatimiz saviyasi ancha oshdi. Bu haqda oldingi matbuot anjumanlarida ham gapirib o'tganman. SHu sababli har bir jamoa maydonga birinchi bor tushayotgandek taassurot uyg'onmoqda. Hozirgi kunda “Navbahor” shiddatli o'yinlarni olib kirishga harakat qilmoqdaman. Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar futbolchilarimiz bor kuchlari bilan to'p surishmoqda. SHiddatli o'yinlarni nafaqat “Navbahor” balki boshqa klublar ham namoyish etishmoqda. Bu ketishda futbolimiz yanada rivojlanadi deb o'ylayman. CHempionatimiz shu tarzda davom etadigan bo'lsa yaqin yillar ichida albatta jahon chempionati yo'llanmasiga ham ega bo'lamiz. Hozirda jamoamizda to'p surayotgan futbolchilar iroda ko'rsatib, jamoaning ijobiy natija qayd etishi uchun intilishmoqda. Buning uchun ularga rahmat aytaman.


Navbatdagi “Buxoro”ga qarshi uchrashuv oldidan ayrim yo'qotishlarimiz bor. Yovanovich bu safar maydonga tusha olmaydi. U bugun ham jarohat sababli maydonga tushmasligi kerak edi. SHunga qaramay uni maydonga tushirgandik. Birinchi bo'limdan keyin Yovanovich almashtirishimizni so'ragandi. Ammo, o'yin ahamiyatidan kelib chiqib, uning xizmatlaridan ko'proq foydalanishga qaror qildik. Bu esa jarohatini yanada jiddiylashishiga olib keldi va uni tiklanishi biroz cho'zilsa kerak. Azam Aliev esa sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi sababli Buxoroda jamoaga yordam bera olmaydi. Ro'zimboy Ahmedovda ham jarohat mavjud. Ikki oldin Ro'zimboy gipsdan xalos bo'ldi. Uni tiklanib, tayyor bo'lishini kutamiz. Yo'qotishlar bo'lishiga qaramay ularni o'rnini bosa oladigan futbolchilarimiz bor. SHunday ekan ularga ham imkon beramiz.

Buxoroda o'tadigan uchrashuvga tayyorgarlikni bugundan boshlaymiz. Bir necha kun Namanganda shug'ullanib, keyin Toshkentga yo'l olib, shundan so'ng Buxoro sari yuzlanamiz. Xudo xohlasa Buxorodan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz. Sababi ortga yo'l yo'q. Qanday raqib bo'lishidan qatiy nazar faqat oldinga intilib, murosasiz tarzda qarshilik ko'rsatamiz. CHempionatning 10-turiga qadar jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvlarga bugungidek ko'p muxlis yig'ilmagandi. Agarda jamoamix maydonda munosib tarzda to'p surmaganida, bu qadar ko'p ishqiboz yig'ilmasdi. Yigitlarga bu mehnatlaring samarasi ekanligini aytib o'tdim. Bugungi natijani muxlislarimiz  qanday qabul qilishadi bilmayman. Ularni yana o'yingohni to'ldirishlari uchun ijobiy natijalarni qo'lga kiritishimiz lozim. Agarda muxlilarimiz jamoani hurmat qilib “Bunyodkor” bilan o'tadigan bahsda ham o'yingohni to'ldirishsa bundan xursand bo'lamiz va chiroyli o'yinlar va ijobiy natija orqali ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

Komilovni jarohatini jiddiy deb aytishdi. Oyog'ining tizza qismi qayrilgani uchun maydonga qaytishi uchun qancha vaqt ketishi nomalum. Qilichevni o'zi almashtirishimizni so'radi. SHunga qaramay, uni ham maydonda malum vaqt ushlab turdik. Katta xajmdagi ishni amalga oshirdi va biroz toliqib qoldi. Hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Xursanov va Sultonovlarga imkon berdik.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика