So’nggi yangiliklar

00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  31 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  29 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  14 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0

Ilhom Mo'minjonov: "Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko'rishni istayman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko'rishni istayman"

"Navbahor" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng Ilhom Mo'minjonov o'z fikrlarini bildirdi.
Ilhom Mo'minjonov (“Navbahor” jamoasi bosh murabbiyi): - Jamoamiz oltita turdan beri g'alaba qozona olmayotganligi sababli “Olmaliq” bilan o'tgan o'yinda g'alabani qo'lga kiritishimiz shart edi. Bugun g'alabaga yaqin edik. Ammo, so'nggi daqiqalarda yutuqni qo'ldan boy berdik. Uchrashuvga jiddiy tarzda hozirlik ko'rgandik. Afsuski bahs oxirlarida o'tkazib yuborilgan gol barcha mehnatlarimizni chippakka chiqardi. Nima ham qila olardik, ko'zlangan maqsadga erisha olmagan bo'lsakda hayot davom etadi. SHundan kelib chiqqan holda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bir turdan keyin chempionatning dastlabki qismi yakuniga etadi. Davralar oralig'ida birinchi davrada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni tahlil qilib ularni bartaraf etgan holda ikkinchi davraga munosib tarzda hozirlik ko'ramiz. Bu orqali mavsumni kuchli beshlikda yakunlash uchun harakat qilamiz. Bugun birinchi davra hisobidan o'z maydonimizdagi so'nggi bahsni o'tkazdik. SHukurki, uydagi uchrashuvlarda raqiblarimizga imkoniyatni boy bermadik. Ikkinchi davrada yanada yaxshiroq harakat qilib, muxlislarimizni chiroyli o'yinlarimiz bilan xursand qilishni maqsad qilganmiz. Ikkinchi davrada jamoada yangi futbolchilarni ko'rishni istayman. O'zim istagan futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazdik. Davralar oralig'ida tarkibga ichki chempionatda to'p surayotgan olti-etti nafar yosh futbolchilarni qo'shishni mo'ljallab turibman. Hozircha ularni kim ekanligi sir. Barcha masalada kelishuvga erishganimizdan so'ng ularni kimligini oshkor qilamiz.

Ayni paytda besh nafar futbolchimiz turli sabablarga ko'ra bugungi uchrashuvda ishtirok eta olishmadi. Ularning ayrimlari oilaviy sabab, bazilari esa betobliklari sababli ayni paytda jamoa bilan birga emaslar. Birinchi davrani tugashiga yana bitta o'yin qoldi. “Nasaf” bilan o'tadigan uchrashuvdan keyin tarkibda kimlarni qolishi va kimlarga javob berilishi borasida bir to'xtamga kelamiz.
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика