So’nggi yangiliklar

09:50"Челси" футболчилари ЖЧдаги ғалабадан сўнг қанчадан бонус олишлари маълум  0 09:16МЮ ўтган йилнинг энг яхши дарвозабонига расмий таклиф билан чиқди  0 08:44"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг илтимосига кўра 6 нафар футболчини тарк этиши мумкин  9 08:10"Пахтакор" яна бир футболчи билан келишувга эришди  3 07:38Эрон ОАВ. "Тракторсози" Ҳамробековнинг трансферига қанча тўлашини маълум қилди  3 00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  1 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  6 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  4 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  15 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolni aldab bo'lmaydi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolni aldab bo'lmaydi"

Pro-liganing 7-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv yakunida mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugungi o'yindagi g'alaba bilan jamoamiz muxlislarini tabriklayman. Qiyin o'yin bo'ldi. Jamoalarning musobaqa jadvalidagi egallab turgan o'rniga qarab xulosa qilish ham to'g'ri emas. Futbolni aldab bo'lmaydi. Yigitlar bugun qiynalishdi, shunday bo'lsa ham g'alaba qozonishdi, ularni tabriklayman. Ochko jamg'arishda davom etamiz, avval ham aytganman, maqsad bizda chempionlik va Superliga yo'llanmasiga ega chiqish. Navbatdagi turda "Oq-tepa" bilan o'ynaymiz, yaxshi shakllangan jamoa. Bugungidan ham qiyin o'yin bo'ladi. Raqibni o'rganib chiqib ularga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz.


- Kun tartibida Doston Toshmatov haqidagi savol turibdi. Ushbu vaziyatga izoh bersangiz...

- Doston Toshmatovning diskvalifikaciyasi yakuniga etdi. O'zPFL bizga futbolchini tarkibga jalb etishga ruxsat berdi. Doston ertadan boshlab mashg'ulotlarga qo'shiladi. Birinchi davra yakuniga qadar uni tayyorlab boramiz va transferlar oynasi ochilgan vaqtda ro'yxatdan o'tkazamiz. O'ylaymanki Doston Toshmatov jamoamiz g'alabalariga o'z hissasini qo'shadi.


- Kombinacion hujumlar dastlab o'z natijasini bermagandek ko'rindi. SHundan so'ng birinchi gol uzoq masofadan yo'llangan zarba evaziga kiritildi. O'yining borishidan kelib chiqib berilgan ko'rsatma shunday bo'ldimi?

- Bugungi o'yinda pozicion hujum bilan o'ynashni maqsad qilgandik. Lekin bu uslub o'zini oqlamadi, markazda xatolarga yo'l qo'ydik. Har ikki gol ham qanot himoyachilarining faolligi evaziga yuzaga keldi. Qanot himoyachisi yaxshi ochildi, markazga bergan uzatmasi evaziga gollar yuzaga keldi. Xatolarni ko'rib chiqamiz, tarkibimizda mahoratli futbolchilar bor. Ular bilan bugungi o'yinni tahlil qilib chiqamiz.


- "SHo'rtan" jamoasi bugun siz tomongizdan ko'p qo'llaniladigan uslubdan, yani yuqori pressingdan foydalanishga urindi. Bu sizga kutilmagan xolat bo'lmadimi?

- Ko'pchilik bizni yuqori pressing bilan o'ynashimizdan xabardor. Bugun pozicion hujumlarga etibor qaratdik. Raqib bizni himoyada ushlashga urindi. Bugun "SHo'rtan" jamoasini himoyaviy o'yin namoyish etishini bilardik. Ular chuqur himoyalanishdi, o'yin vaqtini cho'zishga urinishdi. Bu xolat yigitlarga ham tasir ko'rsatdi. Behisob shukr, g'alaba qozonib navbatdagi 3 ochkoni qo'lga kiritdik.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика