So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolchilarimga o'yin uchun 10 ball qo'yaman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Futbolchilarimga o'yin uchun 10 ball qo'yaman"

Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" (6:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugungi raqibimiz musobaqa jadvalida birinchi o'rinni egallab turgan jamoa edi. "Dinamo" murabbiyi tajribali mutaxassis hisoblanadi. Bugun ular maydonga ikki nafar hujumchi bilan tushishdi. Futbolchilarimizga rahmat aytaman, ular biz murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. Yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalandik va yirik hisobdagi g'alabaga erishdik.

- Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida raqibga ustunlik boy berilgandek ko'rindi. Keyinroq esa jamoa o'z o'yinini topib oldi. Buni qanday izohlaysiz?


- Aytib o'tganimdek, raqib bugun doimgidan boshqacha uslubda, yani ikki hujumchi bilan o'ynadi. Ular uzun uzatmalar evaziga dastlabki daqiqalarda bir oz ustunlikka ega bo'lishdi. Lekin yigitlar 15 daqiqa chidab berishdi va keyinchalik jarima zarbasidan gol urganimizdan so'ng o'yinni o'z nazoratimizga oldik. SHundan so'ng mehmon futbolchilari charchab qolishdi. Futbolchilarimizning jismoniy tayyorgarligi hozirgi kunda yaxshi xolatda. Yigitlar yugurishdi va mehnat qilishdi. Bugungi futbolda yugurmasa bo'lmaydi. SHogirdlarimga bugungi o'yin uchun 10 ball qo'yaman, chunki ular bugun murabbiylar tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi.

- O'yin davomida jamoangiz gol urgan vaziyatlarda tribuna tomonga qarab-qarab qo'ydingiz. Bu kabi g'alabalar muxlislar ishtiroki bilan yanada zavqli chiqqan bo'lar edimi?


- Albatta yaxshi bo'lardi. Men har bir o'yinga futbolchilar bilan birgalikda tayyorgarlik ko'raman. O'yin davomida emociyalarimni shu orqali chiqarib olaman. Muxlislar bor bo'lsa bu yaxshi. Lekin hozir pandemiya sharoiti, kasalliklar tarqalishi kamaysa stadionlarga muxlislar qaytarilsa kerak. Muxlislarga sabr tilayman, ular bizni duo qilib turishsa biz ko'zlangan maqsadga erishamiz. Hozir Pro-liga o'yinlari TV orqali namoyish etilmoqda. Hozir chemmpionatda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Mana "SHo'rtan" klubi ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda.

- Jamoaning O'zbekiston kubogidagi ishtirokiga nima deya olasiz? "Neftchi" Superliga klubi bilan tengma-teng o'ynay oladimi?


- O'zbekiston kubogi musobaqalarida keyingi bosqichga chiqdik. Raqibimiz Olmaliqning AGMK klubi bo'ladi. Bu o'yin orqali yigitlar o'zlarini sinab ko'rishadi, biz Superliga klubi bilan bahs orqali jamoani ko'rib olamiz. "Neftchi" har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика