So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  2 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Ilhom Mo'minjonov: "Durang natijaga erishganimiz bilan hayot to'xtab qolmaydi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Durang natijaga erishganimiz bilan hayot to'xtab qolmaydi"

Navbahor - Neftchi uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov va jamoa hujumchisi Sardor Sulaymonovlar ishtirok etishdi.

Ilhom Mo'minjonov: - O'yin haqida nima deyish mumkin. «Neftchi» jamoasiga qarshi uchrashuvda himoyadagi qo'pol xato evaziga durangga erishdik. Aynan shu xato qimmatga tushdi. O'z navbatida yarim himoyachi va hujumchilarimiz o'zlarini ko'rsata olmay, yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda faol bo'lishmadi. Durang natijaga erishganimiz bilan hayot to'xtab qolmaydi. SHunday ekan, keyingi o'yinlarga munosib tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. O'yinga etibor qaratgan bo'lsangiz, ko'proq pozicion hujumlar tashkil etishga urg'u berdik. Golni ham aynan kombinacion hujum yordamida urdik. Futbolchilarda imkoniyatni boy berilayotgan paytlarda to'pni oldinga tepish hollari ko'p kuzatiladi. 65 daqiqa davomida havodan emas, pastdan to'p oshirishlarni amalga oshirish orqali to'p surishdi. 0:1 hisobidan keyin futbolchilarimizning har birida g'alaba qozonish uchun intilishgani sababli, ko'proq havodan to'p oshirildi. Azamat Allaniyozov bahs davomida SHukurali Po'latov bilan havodagi kurashlarning aksariyatida raqibidan ustun keldi. Goldan oldin ham aynan Allaniyozovning havodagi to'pni yutishi natijasida hujum davom etib, hisobni tenglashtirdik. 

Muxlislar uchun har qanday holatda ham g'alaba kerak. Bugun ishqibozlarimizga yutuqni taqdim eta olmadik. SHu sababli, ularning  oldida yuzimiz yorug' bo'lmadi deb o'ylayman. Bu futbol. SHunday ekan, keyingi o'yinlarda muxlislarimizni hursand qilishga harakat qilamiz. Oldinda jiddiy va muhim uchrashuvlarimiz bor. Bugun muxlislarimiz azaliy raqibimizni mag'lubiyatga uchrata olmaganimiz sababli xafa bo'lishdi. Farg'onaliklar 9-turga kelib, atigi bitta gol urishgandi. Ularning urgan ikkinchi golini darvozamizga kiritilganligi alam qiladi. Ishqibozlarimiz keyingi uchrashuvlarda jamoani qo'llab-quvvatlab turishsa, ularga chiroyli o'yinlar va g'alabalarni taqdim etib, ularni xursand qilamiz.

Sardor Sulaymonov: - Uchrashuvda g'alaba qozonish uchun qo'ldan kelganicha harakat qildik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmay, durang bilan cheklandik. Nasib qilsa, keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga intilamiz.

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика