Ilhom Mo'minjonov: "Bizda shiddat ko'rinmadi"
14 iyu 2017 22:19
Yangiliklar
Ilhom Mo'minjonov: "Bizda shiddat ko'rinmadi"
"O'ylashimcha kimda g'alaba qozonishga bo'lgan istak ko'proq bo'lsa, bugun o'sha maqsadiga erishdi. Jamoam o'zini ko'rsata olmadi. Bizda shiddat ko'rinmadi. "So'g'diyona" bor kuchini maydonda sarflab, uch ochkoga chanqoqligini bildirdi. Birinchi bo'limda mezbonlarning ikkita zarbasi golga aylandi. Himoyachilarimizning qo'pol xatolari natijasida bu gollar kelib chiqdi.
Uchrashuvning ikkinchi yarmida bergan ko'rsatmalarimdan so'ng ular ishonchli o'ynashdi. Ikkinchi taymda yaratilgan vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Ravshan Xursanov xisobni qisqartirdi. Hozirgi kunda chempionat doirasida bir oydan buyon muvaffaqiyat qozonmayapmiz. Yigitlarni ruhiy jixatdan biroz yordam beramiz. Keyingi turda biz "Olmaliq" bilan o'yin kutib turibdi. "So'g'diyona"ga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman. "Navbahor" esa xatolardan kerakli xulosalar chiqarib, 14- turga puxta tayyorgarlik ko'radi", - dedi Mo'minjonov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar