So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  1 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  3 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  13 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  6 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  4 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  5 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  9 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  2 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

Ilhom Mo'minjonov: “1:0 hisobi bizni qoniqtirdi” Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: “1:0 hisobi bizni qoniqtirdi”

“Navbahor” – AGMK jamoalari o'rtasidagi keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov ishtirok etdi.

Ilhom Mo'minjonov: - Muhim uchrashuvda g'alaba qozondik. Futbolchilarimizga o'zlarini ko'rsatishgani uchun kattakon rahmat aytaman. Ushbu g'alabani unutgan holda ishlashda va izlanishda davom etamiz. Oldin ham aytib o'tganimdek, taktikani raqibga qarab tanlaymiz.

Murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan raqib o'yin uslubini o'rganib chiqqandik. SHundan kelib chiqqan holda o'yinimizni tashkil etdik. Balki “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahsda boshqacha taktikada to'p surarmiz. Bir so'z bilan aytganda tanlagan taktikamiz o'z samarasini berdi. Uchrashuv davomida gol urish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'lsakda, bitta vaziyatni golga aylantira oldik xolos. Bugungi uchrashuvda ayrim futbolchilarimiz jarohat tufayli, Mirzohid G'ofurov esa sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi sababli maydonga tusha olishmadi.

Ishonch bildirilgan futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsatishdi va chiroyli g'alabaga erishdik. Bu futbol. Aslini olganda joriy yilgi mavsumda Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. Bunga o'zinglar ham guvoh bo'lmoqdasizlar. Misol uchun “Qizilqum” jamoasi oldingi turda “Lokomotiv” maydonida durang o'ynab bugun Qo'qonda g'alaba qozondi. Bir so'z bilan aytganda qanday natija qayd etilishini oldindan aytib bo'lmaydi. Agarda raqib darvozasi oldida yuzaga keltirilgan vaziyatlarning barchasidan foydalana olganimizda yirik hisob qayd etilishi mumkin edi. Mashg'ulotlar chog'ida imkoniyatlardan foydalanish borasidagi kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. Qanday holat bo'lishidan qatiy nazar tablodagi 1:0 hisobi bizni qoniqtirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика