Ilgiz Tantashev Qatar – KXDR uchrashuvini boshqaradi
21 jan 2016 21:59
Yangiliklar
Ilgiz Tantashev Qatar – KXDR uchrashuvini boshqaradi
O'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Qatar – KXDR uchrashuvini boshqarib boradi.
OFK Qatar poytaxti Doxa shahrida davom etayotgan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar nomini elon qildi. Unga ko'ra, mezbon – Qatar hamda KXDR olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni o'zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Takidlash joiz, mazkur musobaqada Tantashevga qanotda o'zbekistonlik boshqa bir FIFA laynsmeni Jahongir Saidov yordam bermoqda.
Malumot uchun, Qatar poytaxti Doxa shahrida davom etayotgan Osiyo chempionati chorak final uchrashuvlariga 22 yanvar kuni start beriladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar