Ilgiz Tantashev “Istiqlol” – “Al-Vahda” o'yinida ishlaydi
22 may 2015 12:53
Yangiliklar


Ilgiz Tantashev “Istiqlol” – “Al-Vahda” o'yinida ishlaydi
26 may kuni OFK kubogi 1/16 o'yinlari bo'lib o'tadi.
Ushbu bosqich doirasidagi Tojikistonning “Istiqlol” hamda Suriyaning “Al-Vahda” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o'zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev ham ishlaydi.
Tantashev ushbu o'yinda yordamchi hakam vazifasini bajaradi va yaponiyalik hakamlar brigadasi bilan ish olib boradi. Uchrashuv bosh hakami Ida Jumpey bo'lsa, unga qanotlarda Ocuka Haruxiro va Ochi shinjilar yordam beradi.
O'yin Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar