So’nggi yangiliklar

10:28Англия терма жамоаси Европа чемпионатида ғалаба қозонса, қанча мукофот пули олиши маълум  0 10:00«Сўғдиёна» тўрт йиллик нохуш анъанага кеч қўйди  6 09:33Англия ва Сербия терма жамоалари 44 йиллик антирекордни янгилашди  0 09:06Хвича Кварацхелиянинг агентининг гаплари футболчининг трансферини барбод қилиши мумкин  0 08:41Роберто де Дзерби янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 08:14Евро-2024. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match» соҳиблари маълум  2 07:47Евро-2024. Бугун Франция ва Бельгия мусобақадаги «юришини» бошлайди  0 07:21Суперлига. Бугун Тошкентда иккита учрашув бор  3 02:35Евро-2024. Сербия - Англия 0:1  0 01:55Евро-2024. Англия илк турда Жуд Беллингемнинг голи эвазига Сербияни мағлуб этди  13 01:34Мбаппе Олимпиадада иштирок этиш масаласига узил-кесил нуқта қўйди  2 01:10Рўзиқул Бердиев: "Дастлабки дақиқада юзага келган вазиятимиздан фойдаланганимизда ҳисоб бошқача бўлиши мумкин эди"  33 00:51"Сўғдиёна" ёрдамчи мураббийи: "Иккита четлатишдан сўнг ҳам ғалабани сақлаб қолишгани учун йигитларга рахмат айтаман"  10 00:36Самвел Бабаян: "Бугун ғалабага лойиқ эдик. Биринчи бўлимнинг ўзидаёқ иккита гол уришимиз керак эди. Сиаваш Ҳақназарий ҳозирча жамоага киришиб кета олмаяпти"  22 00:20Евро-2024. Словения - Дания 1:1  0

Ilgiz Tantashev boshqaruvida o'tadigan finalda kim g'olib bo'ladi? OCHL final bahsiga prevyu Yangiliklar

Ilgiz Tantashev boshqaruvida o'tadigan finalda kim g'olib bo'ladi? OCHL final bahsiga prevyu

Bugun Osiyo chempionlarning ligasining javob uchrashuvida joriy mavsumdagi musobaqa g'olibi aniqlanadi. Final bahsining dastlabki uchrashuvida "Yokogama Marinos" o'z o'yida "Al-Ayn"ni 2:1 hisobida mag'lub etgan edi

Finallar tarixi

Tarixdagi dastlabki final 1967 yili o'tkazilgan va ilk musobaqa g'olibi Isroilning "Xapoel" jamoasi bo'lgan. Musobaqa 1971 yilga qadar har ikki yilda o'tkazilgan. 1969 va 1971 yillarda Tel-Avivning "Makkabi" jamoasiga g'olib bo'lgan. 1970 yilgi mavsumda esa Eronning "Toj Tehron" jamoasi final uchrashuvidan so'ng g'alabani nishonlashgan. So'ngi besh mavsumda esa g'arbiy va sharqiy mintaqa vakillari ketma-ket ravishda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritmoqda. 2019 yili "Al-Hilol" jamoasi g'olib bo'lgan bo'lsa, 2020 yili Koreyaning "Ulsan Xyunday" chempionlikni qo'lga kiritgan. 2021 yili yana "Al-Hilol" va o'tgan "Urava Red Daymonds" oltin medallarni o'ziniki qilib olgandi.


Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Ayn" o'z tarixida bir marotaba 2002-2003 yilgi mavsumda g'oliblikni qo'lga kiritgan. Amirliklar final bahsida tailandning "Bek Tero" jamoasini ikki uchrashuvdan natijasiga ko'ra 2:1 hisobida mag'lub etgan. Qizig'i shundaki, final ishtirokchisi "Bek Tero" yarim final ostonasida "Paxtakor"ga qarshi to'qnash kelgan. Ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:2), aynan Tailand jamoasi finalga yo'l olgan edi. Anvar Soliev va Server Jeparovning gollari "sherlar" finalga yo'l olishi uchun etarlicha bo'lmagandi. SHuningdek, amirlik jamoasi 2005 va 2016 yillarida kumush medallar ega chiqishgan. 2005 yilgi finalda Saudiyaning "Al-Ittihod" jamoasiga ikki bahs yakuniga ko'ra 5:3 (1:1, 4:2) hisobida mag'lub bo'lgan. 2016 yilgi mavsum finalida "Al-Ayn" hamda "CHonbuk Motors" jamoalari o'zaro to'qnash kelishgan. Dastlabki uchrashuvda 2:1, javob o'yinida esa 1:1 hisobi qayd etilgan va yakunda Koreya klubi g'oliblikni nishonlagan.


"Yokogama Marinos" jamoasi esa o'z tarixida ilk bor Osiyo chempionlar ligasi final bahsida ishtirok etmoqda


Bosib o'tilgan yo'l

"Al-Ayn" guruh bosqichida "Ahal", "Paxtakor" va "Al-Fayha" jamoalari bilan bir kvartetdan joy oldi. Guruh bahslariga yakuniga ko'ra Ernan Krespo jamoasi 6 uchrashuvida 5ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi. Amirliklarni mag'lubiyatga uchratgan yagona jamoa "Paxtakor" bo'ldi. Maksim SHackix shogirdlari safardan 3:1 hisobida g'alaba bilan qaytishgandi. 1/8 finalda esa "Al-Ayn"ga yana bir o'zbek klubi "Nasaf" raqiblik qildi. Qarshidagi bahsda nursiz durang qayd etilgan bo'lsa, javob uchrashuvida "Nasaf" kambek qurboniga aylandi. Akmal Mozgovoyning goliga Laba Kojo va Sofyan Rahimilar javob qaytarishdi, yakuniy hisob 2:1. Amirliklar chorak finalda musobaqa favoritlaridan biri "Al-Nassr" bilan to'qnash kelishdi. Sofyan Rahimiyning yagona goli dastlabki uchrashuv natijasini "Al-Ayn" foydasiga hal etgandi. Saudiyada o'tkazilgan javob uchrashuvi esa haqiqiy "triller"ga aylandi. Penaltilar seriyasiga qadar davom etgan uchrashuvning asosiy vaqtida 4:4 hisobi qayd etilgandi. 11 metrlik zarbalar seriyasida "Al-Ayn" va BAA milliy terma jamoasi asosiy darvozaboni Holid Eysa "Al-Nassr" futbolchilari Marselo Brozovoich va Aleks Telleslarning zarbalarini bartaraf etib, jamoasini yarim final bosqichiga yo'l olishiga yordam bergan edi. Yarim finalda esa yana bir Saudiya klubi "Al Hilol" taslim etildi. "Al-Ayn" mezbonligida o'tgan dastlabki uchrashuvda Ernan Krespo jamoasiga 4:2 hisobida g'alaba qozongan edi. Sofyan Rahimiy uchta gol urgan va o'yin qahramoniga aylangandi. Riyodda o'tkazilgan javob uchrashuvida 2:1 hisobida Saudiya jamoasining qo'li baland keldi, ammo ikki to'qnashuvning umumiy natijasiga (5:4) ko'ra "Al-Ayn" finalga yo'l oldi.



SHarqiy mintaqa vakilli "Yokogama" esa "G" guruhida "SHandun Tayshan", "Inchxon Yunayted" va "Kaya" jamoalariga pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib bordi. Yaponiya jamoasi yakunda 12 ochko bilan guruh g'olibi bo'lgan edi. Nimchorak finalda "Bangkok Yunayted" jamoasi umumiy 4:1 hisobida mag'lub etildi. CHorak finalda "SHandun Tayshan" 3:1 va yarimda finalda "Ulsan Xyunday" 4:3 hisobida taslim etildi.


Murabbiylar fikri

"Al-Ayn" bosh murabbiyi Ernan Krespo final uchrashuvidan oldin o'z fikrlari bilan bo'lishdi:

"Bosh sovrinni qo'lga kiritish uchun faqatgina g'alaba qozonishimiz kerak. Bizda boshqa tanlov yo'q. Ertaza o'z o'yimizda o'ynaymiz va ushbu musobaqani yaxshi natija bilan tugatishni maqsad qilganmiz. Ko'pchilik bizni bu bosqichga qadar etib kela olishimizga ishonmagandi, ammo biz finaldamiz. Ertaga g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. "Yokogama" kuchli jamoa va biz o'yinni to'liq nazorat qila olmaymiz. Raqib bunga yo'l qo'ymaydi. SHu sababli biz ko'proq raqibga bosim qilishimiz va ularni xato qilishga majburalishimiz kerak. O'yin qanday kechishidan qatiy nazar, biz o'zimizga kerakli natijani qayd etishimiz zarur. O'z o'yimizda bor kuchimizni ishga solishimiz va g'alaba qozonishimiz shart. O'yin davomida har qanday qiyinchilikga tayyor turishimiz kerak. Raqibimiz juda kuchli. Muxlislarimizning qo'llab quvvatlashiga ishonamiz. Dastlabki uchrashuvdagi mag'lubiyatga qaramay, bizda ajoyib imkoniyat saqlanib qolgan. Ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatimiz bor va biz ushbu vazifani uddalay olishimizga ishonaman"


"Yokogama" bosh murabbiyi Garri Kyuvell finaldan oldingi fikrlarini aytib o'tdi: 

"Tayyorgarlik jarayoni yaxshi o'tdi. Biz final uchrashuvini intizorlik bilan kutmoqdamiz. "Al-Ayn" dahshatli jamoa. Raqibimiz chempionlar ligasida o'z o'yida o'tkazgan so'ngi 4 uchrashuvda g'alaba qozonib kelmoqda. SHu sababli ular finalda. Qiyin bahs bo'lishi aniq va biz barchasiga tayyormiz. Yaponiya J-ligasi juda raqobatdosh va qiyin musobaqa. Ligada qayd etayotgan natijalarimiz biroz yaxshi emas. Osiyo chempionlar ligasi va J-liga juda katta farqga ega. OCHLda turli hil jamoalar va har hil uslubdagi jamoalar ko'p. Ertangi uchrashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishni maqsad qilganmiz. Stadionga tashrif buyuradigan "Al-Ayn" muxlislari bizga deyarli bosim o'tkazishmaydi. Muxlislar bizga qarshi bo'lgan uchrashuvlarda ko'p ishtirok etganmiz. Muxlislarning qo'llab quvvatlashi biz uchun yana bir sinov. Ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishni va bosh sovringa ega chiqishni maqsad qilganmiz"


Hakamlar 

Ushbu bahsni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam bersa, Rustam Lutfullin zaxira hakami vazifasini bajaradi. 

SHuningdek, yana bir hamyurtimiz Sanjar SHoyusupov zaxira yordamchi hakami vazifasida ishlaydi.


Klublar o'rtasidagi JCHning so'ngi yo'llanmasini kim qo'lga kiritadi?

FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati formatini yangilaganidan xabaringiz bor. Har qachongilan ham kattaroq formatda o'tkaziladigan turnirda dunyoning 32ta jamoasi ishtirok etadi. AQSHda o'tkaziladigan musobaqa uchun Osiyo mintaqasiga 4ta yo'llanma taqdim etilgan. OCHLnig so'ngi ikki mavsumdagi chempionlari "Al-Hilol" va "Urava Red Daymonds" o'z joylarini kafotlashgan. 2020 yilgi Qita g'olibi "Ulsan Xyunday" esa OFKning to'rt yillik reytingi tufayli uchinchi yo'llanmani o'ziniki qildi. Bugun o'tkaziladigan final uchrashuvi nafaqat qita g'olibligi, balki FIFA klublar o'rtasidagi JCH uchun so'ngi yo'llanmani qo'lga kiritadi.


O'zbekistonlik hakamlarning finaldagi ishtiroklari

O'zbekistonlik hakamlar Osiyo chempionlar ligasi final bahsini 5 marotaba boshqarishgan. Ilgiz Tantashevnning tayinlovi o'zbekistonlik hakamlarning finaldagi oltinchi ishtiroki bo'ladi.

2011 yil 

 Final "Al-Sadd" - "CHonbuk Motors" 2:2

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

2013 yil 

Final "Guanchjou Evergrand" - "Seul" 5:5 

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

2015 yil 

Final "Guanchjou Evergrand" - "SHabab Al-Ahli" 1:0

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

2017 yil 

Final "Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds" 0:1

Bosh hakam: Ravshan Irmatov

2019 yil

Final "Al-Hilol" - "Urava Red Daymonds" 3:0

Bosh hakam: Valentin Kovalenko

Abdulvosit Bektemirov

Reyting:    

Fikrlar

   
25 may 17:23:22
Abdurahmon Ablazov
Пахтачи судья клубга караб пенальти белгилайди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика