Ildar Sakaev: “Hech bir o'yin oson o'tmayapti”
22 apr 2018 13:38
Yangiliklar


Ildar Sakaev: “Hech bir o'yin oson o'tmayapti”
PRO-Liganing 3-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Xorazm” (3:1) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ildar Sakaev saytimizga intervyu berdi.
"Hech bir o'yin oson o'tmayapti. Bugun ham xatolarimizni ko'rsatib berdi – deya gap boshladi Ildar Usmanovich.
- Noto'g'ri xarakatlarimizni o'rganib chiqamiz. Bizda bosim bor edi, "Xorazm"da bosim yo'q. CHiroyli shahar, chiroyli stadion, ajoyib muxlislar maza qilib futbol o'ynashdi mehmonlar. Biz esa g'alaba uchun bosim ostida o'ynadik. Hali ko'p ishlaymiz. 3:1 yaxshi natija. Futbolchilar mashina emas, ularga ham dam berib turish kerak.
CHempionat davomida mana shunday qiyin o'yinlar ham bo'lib turadi. "Navbahor" bilan kubok bahsidan so'ng tiklanish juda og'ir bo'ldi. SHogirdlarim o'zlariga kelib olishdi va g'alaba qozondik", - deydi Sakaev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar