Ildar Sakaev: “Bugun chiroyli o'yin guvohiga aylandik”
10 apr 2015 10:28
Yangiliklar


Ildar Sakaev: “Bugun chiroyli o'yin guvohiga aylandik”
O'zbekiston Birinchiligining 2-turidan o'rin olgan “Yozyovon-lochinlari” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakunlangach, mehmonlar ustozi Ildar Sakaev qisqacha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun jamoalar muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish qilib berishdi, deb o'ylayman. Hujumkor, xavfli vaziyatlarga boy uchrashuv bo'ldi. “Yozyovon-lochinlari” ajoyib jamoa sifatida shakllangani ko'rinib turibdi. Garchi klub musobaqa debyutanti bo'lsa-da, hali ko'p raqiblariga bosh og'riq bo'la oladi. Bu haqida bosh murabbiy Abdusamad Do'rmonovga ham aytib o'tdim. Ular bugun ham yomon o'ynashmadi. Gol urish uchun qator vaziyatlarni tashkil qilishdi, lekin ulardan foydalanishda oqsashdi. Aksincha, biz gol urdik va g'alaba qozondik.

Fikrlar