So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  3 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  19 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Ildar Sakaev: "Barchasiga men aybdorman" Yangiliklar

Ildar Sakaev: "Barchasiga men aybdorman"

"Lokomotiv" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Ildar Sakaev qatnashdi.

- 4:0 hisobi jamoalar orasidagi farqni ko'rsatdi. SHogirdlarim bunday o'yin ko'rsatmasligi kerak edi. Birinchi goldan keyin yigitlar koncentraciyani yo'qotib qo'ydi. Keyingi o'tkazib yuborilgan gollarda ruhiy holatning tushib ketgani sababchi bo'ldi. Jamoa mag'lub bo'lsa murabbiy aybdor bo'ladi. Bugungi mag'lubiyatning barchasida murabbiylar aybdor, biz bugun xatoga yo'l qo'ydik. Buni tan olish kerak.

Fikringizga qo'shilaman. Biz faqatgina standartdan gol kiritdik. Hujumda muammolar borligini bilaman. Bu borada ko'p ishlash kerak. Hujumda agressivlik yo'q. Hujumda biroz effektiv bo'lish kerak.

Ahmedov jarohatlangandi. SHu boisdan u mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi. U taxminan 4-5 kunlarda safga qaytadi. 

Biz mukofot pullarini olganimiz yo'q. Bu ommaga oshkor qilinadigan malumotlar emas. Bu klubning ichidagi ishlar deb hisoblayman. Men 4:0 juda qattiq zarba bo'lganini ayta olaman. Futbolda mayda chuyda detallar rol o'ynaydi. Barcha jangovor bo'lishi kerak. Yashirmayman, kamchiliklar juda ko'p. Ammo uyda bo'layotgan narsalar uyda qolishi kerak. Balki ishlashda davom etarman yoki ketaman. 

Muxlislarga rahmat aytaman. Bugun men mag'lub bo'ldim. Hamma ayb menda. Futbolda futbolchilar har doim jangovor bo'lishi kerak. Bu tarzda jamoani biz tayyorlashimiz kerak. CHempionga qarshi o'yinda biz har tomonlama raqobatbardosh bo'lishimiz kerak. SHunda bu to'g'ri yo'l bo'ladi. Ammo barcha muammolarni o'z vaqtida to'g'ri hal qilish kerak. Har doim oxirigacha kurasha olishimizni isbotlay olishimiz kerak. Men har doim xatolarimni tan olaman. Klubdagi barcha bir yo'lda ishlasa barchasi yaxshi bo'ladi. Biz yaxshi jamoa yig'dik. Ularni o'yindan o'yinga yaxshi boshqarish, dam olish, mashg'ulotlar processi, raqobat - barchasi birdek bo'lishi kerak.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика