Ildar Mamatkazin: "Qirg'iziston chempionati ayni vaqtda yaxshi darajaga chiqmoqda"
20 mar 2025 14:59
Yangiliklar
Ildar Mamatkazin: "Qirg'iziston chempionati ayni vaqtda yaxshi darajaga chiqmoqda"
Qirg'iziston chempionatida bugungi kunda bir necha nafar o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepmoqda.
Ulardan biri, "Alay" jamoasining tajribali himoyachisi Ildar Mamatkazin mamlakat chempionati va futbolchilari haqida fikr bildirdi.
"Qirg'iziston chempionati ayni vaqtda yaxshi darajaga chiqmoqda, deyarli hamma stadionlar yangi holatga keldi. Maydonlarga yangi chimlar keltirildi. Davlat rahbarlari tomonidan yaxshi etibor qaratilyapti.
Barcha jamoalarda saviyali legionerlar to'p tepyapti, bu tez orada o'z natijasini beradi. Terma jamoa foydasiga ishlaydi. Mahalliy futbolchilar haqida to'liq fikr bildira olmayman, sababi endi 2 ta tur o'tdi. Lekin ularning darajasi yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi",- deydi Ildar Mamatkazin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar