Ildar Mamatkazin: "Qirg'iziston chempionati ayni vaqtda yaxshi darajaga chiqmoqda"

Iskandarov Abdulaziz
20 mar 2025, 14:59
Qirg'iziston chempionatida bugungi kunda bir necha nafar o'zbekistonlik futbolchilar to'p tepmoqda.

Ulardan biri, "Alay" jamoasining tajribali himoyachisi Ildar Mamatkazin mamlakat chempionati va futbolchilari haqida fikr bildirdi. 

"Qirg'iziston chempionati ayni vaqtda yaxshi darajaga chiqmoqda, deyarli hamma stadionlar yangi holatga keldi. Maydonlarga yangi chimlar keltirildi. Davlat rahbarlari tomonidan yaxshi e'tibor qaratilyapti. 

Barcha jamoalarda saviyali legionerlar to'p tepyapti, bu tez orada o'z natijasini beradi. Terma jamoa foydasiga ishlaydi. Mahalliy futbolchilar haqida to'liq fikr bildira olmayman, sababi endi 2 ta tur o'tdi. Lekin ularning darajasi yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi",- deydi Ildar Mamatkazin.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia