So’nggi yangiliklar

21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  1 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  0 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  3 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1

Ildar Mamatkazin: “Hali intervyu beradigan darajada nimagadir erishganim yo'q” Yangiliklar

Ildar Mamatkazin: “Hali intervyu beradigan darajada nimagadir erishganim yo'q”

Andijon futboli tarbiyalanuvchisi Ildar Mamatkazin 2011 yildan boshlab oliy ligada to'p surmoqda. O'tgan yili esa “Paxtakor”ning nazariga tushgani uchun ularning taklifiga bajonidil rozi bo'ldi.
 Ammo oxirgi bir yarim yilni ijara asosida “Dinamo”da o'tkazdi. Unda himoyachilarga kerak bo'lgan barcha fazilatlar bor. Faqat “Paxtakor”dagi bosimni ko'tarishi unga biroz qiyin bo'ldi. Ayni paytda uyida dam olayotganidan foydalanib futbolchini tahririyatimizga taklif qildik. U bilan yuzma-yuz suhbatimiz ancha ochiq tarzda bo'ldi.  

- Tahririyatimizga xush kelibsiz?
- Rahmat.

- Sizni anchadan beri matbuot orqali intervyu berganingizni ko'rmayotgandik...
- SHundoq ham oxirgi marta siz bilan gaplashgandim shekilli...

- Nima uchun matbuotdan “qochib” yuribsiz?
- Yo'g'-e, qochib yurganim yo'q. SHunchaki vaqtim kam bo'lyapti. To'g'risini aytsam, hali intervyu beradigan darajada nimagadir erishganim yo'q. 

- Aynan sizdan shunday  javobni kutgandim. SHuning uchun kamtarinsiz...

- Kamtar deysizmi? Bunga o'zim unchalik etibor bermagan ekanman. Lekin ko'pchilik hurmat bilan qarashadi va bundan doim mamnun bo'laman. CHindan ham jiddiy xarakterga egaman. 

- Endi asosiy mavzuga o'tsak. Bu yil ham ijara asosida “Dinamo”da to'p surdingiz. Mavsum siz uchun qanday kechdi?
- Bundan ham yaxshiroq o'rin olsak bo'lardi. Siz ham bilasiz, u erda moliyaviy tomondan muammolar ko'p bo'ldi. Yil boshida oldimizga aniq maqsad qo'yilmagandi. Faqat chiroyli futbol ko'rsatib muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushdik. Lekin o'zimizga o'zimiz yuqori o'rinlardan birini egalllashni vazifa qilib qo'ygandik. O'tgan yili 8-o'rinni egallaganmiz. Bu yil ushbu natijani yangilamoqchi edik. Ammo ko'plab muammolarga duch kelganimiz bois pastki o'rinlarga tushib ketdik. Murabbiylar almashinuvini ham unutmaslik kerak.

- Futbolchilarning moliyaviy muammo tufayli mashg'ulotga chiqishdan bosh tortgani rostmidi?
- Ha, rost. Futbolchilar bilan kelishgan holda mashg'ulotga chiqmadik.

- Xo'sh, mashg'ulotga chiqishdan bosh tortganinglar, o'z natijasini berdimi?
- O'zgarish haqida so'ramoqchisiz-da! Hozircha bo'lmadi-yu, ammo vada berishdi. Hamma shuni kutib o'tiribdi.

- Klub to'lig'icha hisob-kitob qilishiga ishonyapsizmi?
- O'tgan yili hammasi ko'ngildagidek bo'lgandi. Mavsum tugaganidan keyin bir hafta o'tgach barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishgandi. Ochig'i, bundan o'zim ham hayron qolganman.

- Ilk bor Tachmurod Agamurodov bilan birga ishladingiz. U “Dinamo”ga kelgach shov-shuvli tarzda “Bunyodkor”ni mag'lubiyatga uchratdinglar. Umuman, ushbu mutaxassis siz uchun qanday?
- Uning tajribali va aqlli murabbiyligi bilinib turibdi. O'z ishiga nisbatan talabchan. Futbolchi kim bo'lishidan qatiy nazar mashg'ulotlar ter to'kishni talab qiladi.

- Qattiqqo'lmi?
- O'ta qattiqqo'l demagan bo'lardim, o'rtacha. Ammo shogirdlaridan nimani talab qilayotganini yaxshi tushunadi.  
- “Dinamo”dagi bir yarim yillik faoliyatingizdan so'ng sizda qanaqa o'zgarish sezildi?
- Avvalo tajriba bo'ldi. Asosiysi, o'yin amaliyotiga ega bo'ldim. Klubda Ravshan Haydarov, Kamo Gazarov va Tachmurod Agamurodov bilan birga ishladim.

- Moliyaviy muammolar bo'lganligini inobatga olganda, mavsum siz uchun qanday yakulandi?
- Albatta xursandchilik bilan yakunladik deya olmayman. Agar oilangizda muammo bo'lsa, qanday qilib butun diqqatingiz bilan o'ynay olasiz. Albatta, futbolchi professional bo'lishi kerak. Lekin shu bilan birga klub ham professional ishlashi lozim. 

- Bu siz uchun “Dinamo”dagi oxirgi mavsum bo'ldimi?
- Bilmadim. Agar to'liq hisob-kitob qilsa va keyingi yil uchun yaxshi jamoani shakllantirishmoqchi bo'lsa, qolishim mumkin. Ishtiyoqim 50h50.

- Sizning xarakteringiz shundayki, har doim ham hamma gapni ham aytayvermaysiz. Hozir ham sizga boshqa klublardan takliflar borligini sezib turibman, ammo bu haqida ayta olmayapsiz...
- Bir-ikkita takliflar bor. Lekin hali jiddiy emasligi uchun bu haqida indamay turibman.

- “Paxtakor” bilan yana necha yillik shartnomangiz qoldi?
- Ikki yil. Dekabrdagi yig'inda “Paxtakor” mashg'ulotiga boraman va o'shanda o'zim haqimda gaplashib olmoqchiman.

- “Dinamo”dagi o'yinlaringizni “Paxtakor” murabbiylari kuzatib borishdi deb o'ylaysizmi?

- Ular har bir o'yinchisini kuzatib borishadi. Avval “Paxtakor” klubiga boray va shundan keyin gaplashgach nimadir hal bo'lishi mumkin. 

- Aytingchi, “Dinamo”ga nima maqsadda borgandingiz?
- U erga borganimning sababi futbolchi sifatida o'sishni xohlaganman. Sport formamni tiklab olishim men uchun muhim. Bilgan bo'lsangiz, “Paxtakor”da deyarli olti oy maydonga tushmadim. Zahirada o'tiraversa, futbolchi “yo'q” bo'lib ketishi mumkin. “Dinamo”ga aynan ko'tarilish uchun borgandim. Ammo u erda o'sish ham qiyin ekan.

- Albatta, muammoli jamoada o'zingiz istagandek rivojlanish qiyin kechadi. Bu borada necha foizga malakamni takomillashtirdim deb ayta olasiz?

- Albatta, o'zimga yarasha malaka to'pladim. Ammo necha foizligini ayta olmayman. Muhimi, u erda o'yin amaliyotiga ega bo'lgan holda asosiy tarkibdan joy oldim.

- Agamurodov siz bilan ishlagan murabbiylar ichida kuchlisimidi?
- Kuchliroq desam noto'g'ri bo'lsa kerak. Ammo unda tajriba katta.

- “Paxtakor” siz uchun faoliyatingizda yangi cho'qqi edi. Lekin u erdagi faoliyatingiz kutilgan darajada chiqmadi va yarim mavsumdan keyin ijaraga ketdingiz. “Paxtakorga kelganingizda bu holat sizni tashvishga solmaganmidi?
- To'g'risi, umuman tashvishlanmaganman. Bu erda o'ynab ketishimga ishongandim. Aslida ham men uchun hammasi yaxshi bo'lishi kerak edi. Jamoaning dastlabki qishki yig'inida muvaffaqiyatli qatnashdim. Ikkinchi yig'inda esa betob bo'lib qoldim va shifoxonaga yotdim. 15 kun shug'ullanmasdan davolanishga majbur bo'ldim. Sog'aygach yana barchasini boshidan boshlashim kerakligini bildim. Sport formam etarlicha bo'lmagani uchun asosiy tarkibga kirish men uchun muammoga aylanib qoldi. Bungacha esa klub futbolchilarni deyarli saralab bo'lgandi. SHunga qaramasdan, meni bir qator o'yinlarda ziharadan maydonga tushirdilar. “Lokomotiv” bilan uchrashuvda esa asosiy tarkibdan joy oldim. Ming afsuski, o'sha kuni kutilgan o'yinni ko'rsatib bera olmadim. Bitta xato tufayli zaxiraga “mixlandim”.

- Ushbu uchrashuvda qanday xatoga yo'l qo'yganingizni yaxshi eslayman. Umuman, shundan so'ng zaxirada qolishingizni sezganmisiz?
- “Lokomotiv”ga qarshi bellashuv tugaganidan keyin men ruhan tushkunlikka tushib qolgandim. Bunday sharoitda jamoadan ketishim kerakligini bilganiman. Birinchi davra yakunlangach rahbariyatning oldiga kirib biror-bir klubga ijaraga berishlarini so'radim. Ketishim “Paxtakor”ning tashabbusi emasdi, bu o'zimdan chiqqan qaror edi. Ikkinchi davrada “Dinamo”ning barcha o'yinlarda to'p surdim. Kelasi yilga meni yana olib qoldi.  

- Rasman “Paxtakor”ga tegishli futbolchisiz. Klub esa bu yil chempionlikni qo'lga kiritdi. Biroq shartnomangiz ularda bo'lsa-da, oltin medallarning qo'lga kiritilishga sizning aloqangiz yo'q. Bu holat sizga qanday tasir ko'rsatadi?
- “Paxtakor”ning chempionlikni qo'lga kiritganidan xursand bo'ldim. Bu yil chempion bo'lishiga ishongandim. Albatta, men ham jamoa bilan birga chempion bo'lishni istardim. Nima bo'lsa ham “Paxtakor” uchun mamnunman. Men esa o'ynashim kerak edi. Hozir zahirada o'tiradigan yoshda emasman. Iloji boricha ko'proq maydonga tushib tajriba orttirishim kerak. Har doim o'zimga ishonaman. “Paxtakor” menga yana bir bor ishonch bildirsa, undan foydalanib qolish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Baribir bu jamoaning salobati katta. U erga borib professionalikkni o'rgandim. Ko'plab klublarning ish yuritish siyosati ularnikiga o'xshamaydi.  

- Ijarama-ijara boshqa klublar sharafini ximoya qilish...
- Nima demoqchiligingizni tushunib turibman. To'g'ri, har doim ijarada to'p surish o'zimga ham yoqmaydi. Bolaligimdan “Paxtakor”da o'ynash orzuim bo'lib kelgan. U erga boshqa jamoaga ijaraga ketish uchun borgan emasman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. O'z ustimda ishlashda davom etaman. “Paxtakor”da to'p surishni xohlaganim uchun ham mashg'ulotlarda har qachongidan ko'ra ko'proq ter to'kaman. Ammo hamma narsa birgina menga bog'liq emas. Buning uchun murabbiylar ham menga ishonishlari lozim. Raqobat ham kuchli. Men to'p suradigan chiziqda Boyan Miladinovich, Akbar Ismatullaev, Egor Krimec va Kamol Tojiev bor. Vladimir Kozak ham o'sha joyda o'ynay oladi. Agar cho'chiganimda futbol o'ynamasdim.  

- Bu yilgi mavsum nimasi bilan yodingizda qoldi?
- Esda qolarlisi, safarda “Bunyodkor”ni yutganimiz bo'ldi. CHempionlik uchun to'rtta jamoaning kurashgani ham chempionatning qiziqarli o'tishiga sabab bo'ldi deb o'ylayman.

- “Bunyodkor” mag'lub etilishini kutmaganmisiz?

- Ha, yutishimizni mutlaqo kutmagandim. Durangni saqlab qolsak kerak deb o'ylagandim. “Bunyodkor”ning kuchli ekanligini hamma biladi. Bu ham etmaganidek safarda to'p surdik. Ular ko'plab vaziyatlarga ega bo'lishdi. Bizda esa imkoniyatlar etarli bo'lmadi. Rosti, omadimiz keldi. O'sha g'alabadan keyin o'zimizga ishonch uyg'ondi. Agamurodov yangi murabbiy sifatida ushbu o'yinga bizni tayyorlagandi. Ungacha mag'lubiyatlarga uchrab esankirab qolgandik. Tachmurod SHamakovich esa jamoani ruhiy tomonda tiklay oldi. O'sha uchrashuvdagi g'alabadan so'ng har qanday jamoa bilan o'ynash mumkinligini tushunib etdik.

- “Dinamo” uchun ikkinchi davra qo'rqinchlik boshlangandi. Rahbariyat Kamo Gazarovni o'rniga Agamurodovni olib kelish orqali qiyin vaziyatdan chiqib ketdilar. Sizningcha, Gazarov ishini davom ettirganida klub hozir qanday holatda bo'lardi?

- To'g'risini aytsam, Gazarov o'qib xafa bo'lib qolmasmikin? Balki u qolganida ham keyinchalik vaziyat o'zgararmidi, yana kim biladi deysiz? Baribir qiynalardik. CHunki Kamo Gazarov yumshoq murabbiy. Menimcha o'sha murabbiy ishlagan paytda “Dinamo”ning tepasiga qora bulutlar kelib qolgandi.  

- Siz bilan suhbatda “Andijon”ni chetlab o'tmasak bo'lmaydi...

- SHunday savol berishingizni sezib turgandim. Sobiq jamoamning yana birinchi ligaga tushib ketgani achinarli hol. Eshitishimcha, u erda moliyaviy muammolar bor ekan. Men futbolchi sifatida o'sishni istaganim uchun ketganman. Bilasiz, “Andijon”da bu ishni bajarish qiyin. Lekin “Paxtakor”dan emas, boshqa jamoalardan taklif tushganida ketmagan bo'lardim. 

- “Andijon” bir qator futbolchilar uchun tramplin vazifasini bajarganini ko'rganmiz. Ammo mahalliy o'yinchilar borasida bunday deya olmaymiz. Ular rivojlanishni istashsa albatta boshqa klubga ketishlariga to'g'ri keladi. Nima uchun?

- Bu futbolchiga ham bog'liq. Doim ishlashdan qochmasligi kerak. Kimdir tug'ma talant, yana kimdir mehnat orqali o'sishga erishadi. Lekin mahalliy futbolchilarga unchalik ishonishmayotgan bo'lishi ham mumkin. Lekin bu yil ham ko'proq andijonlik yigitlar o'ynadilar. Demak, ko'p narsa uning o'ziga bog'liq.

- Erishishingiz mumkin bo'lgan qanday maqsadlaringiz haqida ayta olasiz?
- Terma jamoamiz bilan jahon chempionatiga borish uchun harakat qilaman. SHuningdek, Rossiya chempionatida to'p surish niyatim bor.

“Futbol Eksprees” gazetasi
FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика