So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  99 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Ikromov terma jamoaga munosib futbolchimi? Yangiliklar

Ikromov terma jamoaga munosib futbolchimi?

Gap "Bunyodkor" vingeri Ikromov haqida boryapti.

1998 yil poytaxtda tug'ilgan futbolchi "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Xabaringiz bor, u ham iyun oyida Saudiya Arabistonida o'tkazilgan mundial saralashida milliy jamoamiz bilan ishtirok etgandi.

O'shanda Vadim Abramovga nisbatan keskin etirozlar bildirildi. CHunki Saudiya Arabistoniga olib ketilgan Farruh milliy jamoa libosiga umuman munosib emas va uning poziciyasida kuchliroq vingerlarimiz etarlicha edi. Buni bitta faktning o'zi isbotlab beradi: Farruh Ikromov O'zbekiston Superligasida so'nggi samarali haratini amalga oshirganiga 1 yildan oshib ketgan bo'lib, uning "quruq" seriyasi davom etayotgan va "qaldirg'ochlar"ning asosiy tarkib o'yinchisi emasdi.

Oradan deyarli 3 oy o'tdi. Farruh yana O'zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oldi. Faqat bu gal unga nisbatan hech kim etiroz bildirmayapti. Bu chaqiruvchi rolida Abramov emas, Katanec (yoki Ravshan Haydarov) turgani bilan bog'liqmi? 

Yo'q, barchaning fikrini futbolchining o'zi qisqa muddat ichida o'zgartirib tashladi. 

Ikromov Saudiyadan butunlay boshqa odamga aylanib qaytdi. Etibor qiling, u dastlabki bahsning o'zidayoq (19 iyun, "Turon"ga qarshi) golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. Keyinchalik "Bunyodkor"ning hujumdagi haqiqiy etakchisiga aylanishni uddaladi. SHeriklariga nisbatan chiroyliroq o'ynashi tufayli muxlislari tobora ortib borayotgan vinger Superliganing so'nggi 3 turida raqiblari darvozasini ishg'ol qilgani holda chempionatimizdagi eng yorqin nomlardan biri bo'lib turibdi. Va ayni paytda milliy jamoamiz libosiga eng munosib yigitlardan biri hisoblanadi.

Buni O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev ham tasdiqladi: "Taxminimcha, "Bunyodkor"ning oldindagi esda qolarli transferi Farruh Ikromov bilan bog'liq bo'ladi. 1 yil ichida yaxshigina o'sish bor". 

22 yoshli futbolchining tanqidlardan tushkunlikka tushib qolmagani hamda to'g'ri xulosa chiqara olgani inson sifatida ham ancha kuchli ekanini bildiradi. Jurnalistlar ichida Ikromovning manziliga eng keskin tanqidlarni men yo'llagandim ("FARAZ" loyihasining dastlabki soni hamda "Tezkor studiya" efirlarida). Terma jamoamizning Srechko Katanec qo'l ostidagi dastlabki yig'ini boshlanishidan avval Ikromov bilan ozgina suhbatlashgan bo'ldik.

— Farruh, meni tanidingizmi?

— Tanimay bo'ladimi? (kuladi) Rosti, sizdan juda qattiq xafa bo'lgandim. Umrimda hech kim menga nisbatan bunchalik keskin etiroz bildirmagan. Keyin o'ylab ko'rib, to'g'ri xulosa chiqardim. Tanqidlar futbolning bir bo'lagi, bundan hech kim qochib qutula bilmaydi.

— Faoliyatingizda tub burilish sodir bo'ldi. Zaxira futbolchisidan "Bunyodkor"ning asosiy quroliga aylandingiz, gollar urib muhim ochkolarni olib beryapsiz. Sizni kuchaytirgan o'zgarish nima?

— Etibor. Oxirgi 2 oyda muxlislarning chinakam etiborini his qildim. Bu juda muhim. Etibor nafaqat futbolchilarni, boshqa insonlarni ham kuchaytiradigan yaxshi narsa.

— PFL direktori tez orada legionerga aylanishingiz mumkinligini takidladi. Bu boradagi rejalaringiz qanday?

— Hozir "Bunyodkor" bilan shartnomam bor. Lekin agentlarim ishlayapti. Katta ehtimol bilan klub almashtiraman. Buni vaqt ko'rsatadi.

— Aniqroq ayta olasizmi? Keyingi klubingiz qaysi chempionat vakili bo'ladi?

— Agentlarim BAA va Rossiya klublaridan takliflar borligini aytyapti. Qaysi biri "Bunyodkor"ga ko'proq pul o'tkazib bersa, o'sha jamoaga o'taman.

— Demak, "qaldirg'ochlar" safidan erkin agent sifatida ketmoqchi emassiz...

— SHunday. "Bunyodkor" bilan 2022 yilning oxiriga qadar mo'ljallangan shartnomam bor. Faqat shaxsiy manfaatlarini o'ylaydigan bola emasman. Takliflarni o'rganish jarayonida, albatta, bunga ham etibor qarataman.

— Agentlaringiz haqida batafsilroq malumot bering.

— Yuriy Belousga tegishli "Soccer Career" agentligining mijoziman. Ular bilan ham 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomam bor.

— Terma jamoa yoki xorij klublarida raqobat juda kuchli bo'ladi. Bunga tayyormisiz?

— Albatta. Har bir sportchida xarakter bo'lishi kerak. Bundan qo'rqmayman. Nasib qilsa, barchasi zo'r bo'ladi.

— Eng muhimi, mendan haliyam xafamisiz?

— Yo'q, barchasi joyida. Faqat endi meni yomonlamang (kuladi)...

Hamon Ikromovning terma jamoaga chaqirilishidan norozilar bo'lsa, ushbu fakt siz uchun: Terma jamoamiz Saudiya Arabistonida bo'lib qaytgach, Superliganing 10-tur uchrashuvlariga start berilgandi. Farruh ortda qolgan 7 ta turda 6 gol bilan O'zbekiston chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi!

P.s. "Championat.asia"dagi faoliyatim boshlanganidan beri asosan tanqidiy mavzularda qalam tebratyapman. Tanqid qilinganlar inson bolasi. Ular xafa bo'lishlari, muallifni yomon ko'rishlari aniq. O'z navbatida men ham odamlarga yoqish uchun kuyib-pishmayman. Ammo futbol ommasi hech kimga nisbatan shaxsiy g'arazimiz yo'qligini bilishini istardik. Ikromovning esa keyingi faoliyatiga omad tilaymiz. Nomiga munosib baxtli, baxtiyor yigit bo'lishdan tashqari, terma jamoamizni mundialga olib chiqib xalqimizni xushnud qilish ham nasib qilsin. Omad, Farruh!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика