Ikromjon Aliboev Germaniyada muvaffaqiyatli operaciya qilindi
24 fev 2021 21:55
Yangiliklar


Ikromjon Aliboev Germaniyada muvaffaqiyatli operaciya qilindi
Bu haqda "Seul" yarim himoyachisi Instagram'dagi sahifasi orqali malum qildi.
“7 oylik og'riqlardan so'ng, bugun meni operaciya qilishdi. Hammasi (og'riqlar) tugadi degan umiddaman, endi barchasini boshidan boshlamoqchiman, meni kuting, tez kunlarda maydonga qaytaman”, deya post qoldirgan Aliboev.
Avvalroq, O'zbekiston TJ shifokori Abror Pirriev Aliboevni ko'pdan beri chov sohasi bilan bog'liq muammo qiynayotgani, u jarrohlik amaliyotini o'tkazish uchun Germaniyani tanlagani va barcha harajatlar futbolchining hisobidan bo'lishi haqida xabar bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar