So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  5 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Ikrom Aliboev va "Seul" klubi o'zaro hamkorlikni to'xtatdi Yangiliklar

Ikrom Aliboev va "Seul" klubi o'zaro hamkorlikni to'xtatdi

Teglar :  Ikrom AliboevSeul
O'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev "Seul" klubini tark etdi.

Hamyurtimiz 2019 yil boshida Janubiy Koreyaning "Seul" klubiga ko'chib o'tgan va 3 yillik shartnomaga imzo chekkandi.  Kecha "Seul" klubi instagramdagi rasmiy sahifasi Ikrom Aliboev bilan xayrlashuv postini joyladi:  

"Aliboev bilan shartnomani bekor qilish haqida

"Seul" klubi azosi Ikrom Aliboev ikki tomonlama kelishuv asosida shartnomani bekor qildi. "Seul" klubi Aliboevning o'yinlari, natijalari uchun minnatdorchilik bildiradi. Uning keyingi faoliyatida omad tilaymiz".


Bu borada Ikrom Aliboev bilan bog'landik va uning fikrlari bilan qiziqdik.


"Klub bilan kelishuvni bekor qilishimning eng katta sababi jarohatim. Aynan shu jarohat tufayli 7 oyni futbolsiz o'tkazdim. Bu men uchun yomon, sababi futbolchining faoliyati qisqa davom etadi. Imkon boricha ko'proq o'yin o'tkazishim kerak. SHu bois klubdan ketishga qaror qildim. Aslida shu yil oxirigacha shartnomam bor edi va klubda qolib maydonga tushmay shunchaki maosh olib yursam ham bo'lardi. Lekin bunday qilolmasdim va klub bilan kelishgan holda shartnomani bekor qildik.

Hozircha qaysi jamoada o'ynashim aniq emas. K Liga klublaridan biriga o'tish niyatidaman. Aslida K1 yoki K2 liga klubi bo'ladimi buning katta farqi yo'q. Agar shartnoma tuza olmasam yana yarim yil futbolsiz qolaman. SHu sababli jarohatimdan tiklanib yana avvalgi formaga qaytishim uchun harakat qilishim zarur", - deydi Ikrom Aliboev championat.asia saytiga.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика