Ikrom Aliboev va "Seul" bronza medali va OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi
01 dek 2019 17:14
Yangiliklar


Ikrom Aliboev va "Seul" bronza medali va OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepayotgan "Seul" klubi so'nggi turni safarda "Tegu"ga qarshi o'tkazib 0:0 hisobi qayd etdi. Ushbu natija "Seul"ga chempionatni uchinchi o'rinda tugatish uchun etarli bo'ldi.
SHu tariqa Ikrom Aliboev Janubiy Koreyadagi birinchi mavsumida bronza medali sohibiga aylandi. "Seul" uchinchi o'rinni egallash bilan birga 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi yo'llanmasiga ham ega bo'ldi.
championat.asia sayti Ikrom Aliboevni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi.
Janubiy Koreya.
K-ligasi. 38-tur.
"Tegu" - "Seul" 0:0
Daegu FC K-League 1 Final Group A . 38-tur 01/12/2019, 11:00
FC Seoul Stadion: DGB Daegu Bank Park
O’xshash yangiliklar

Fikrlar