Ikrom Aliboev: “Tez kunda umumiy mashg'ulotlarga qaytaman”
01 avg 2016 17:06
Yangiliklar
Ikrom Aliboev: “Tez kunda umumiy mashg'ulotlarga qaytaman”
Toshkentning “Lokomotiv” klubi futbolchisi Ikrom Aliboev “Navbahor” jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
- Birinchi davrada birinchi pog'onani egallash biz uchun oson bo'lmadi. Bir qancha yo'qotishlar bo'ldi. Nemanya Yanichich ham chempionat avvalida jarohat olib deyarli birinchi davrani o'tkazib yubordi. Ayni damda o'zimda ham biroz jarohatim bor. O'ng oyog'imning son qismida biroz muammo borligi malum bo'ldi. Afsuski mana shunday jarohatlar bilan “Qizilqum”ga qarshi qoldirilgan uchrashuvni o'tkazib yubordim. Menimcha ikkinchi davrada “Navbahor”ga qarshi uchrashuvni ham o'tkazib yuborsam kerak. Ertadan yakka tartibda mashg'ulot o'tkazsam 4, 5 kundan so'ng umumiy mashg'ulotlarga qaytaman”, - deydi “Lokomotiv” yarim himoyachisi Ikrom Aliboev.
Jahongir Sotvoldiev
Jahongir Sotvoldiev
Fikrlar