So’nggi yangiliklar

13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  3 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  6 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10

Ikrom Aliboev: "Loko"ning vazifasi - chempionlik. Mening asosiy maqsadim - "kuchli beshlik"ka yo'l olish" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Loko"ning vazifasi - chempionlik. Mening asosiy maqsadim - "kuchli beshlik"ka yo'l olish"

Yaqindagina Avstriyada yig'in o'tkazib qaytgan "Lokomotiv" jamoasi Toshkentga qaytib keldi. "Temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev safar taassurotlari, jamoaning ikkinchi davradagi maqsadi va o'zining shaxsiy rejalari haqida saytimizga qisqacha intervyu berdi.

"Jamoamiz bilan ikkinchi davraga tayyorgarlikni Avstriyada olib bordik. Hammasi reja asosida o'tdi. U erda to'rtta nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Barcha o'yinlarda qatnashdim. Jarohatimdan forig' bo'ldim. Ikkinchi davra o'yinlarida maydonga qaytaman", - deya gap boshladi Ikrom Aliboev.

- "Lokomotiv" ikkinchi davrada peshqadamlikni o'z qo'liga olishiga ishonasizmi?


- Buni hammasini vaqt ko'rsatadi. Bizning maqsadimiz doimo birinchi o'rinni qo'lga kiritish. Bu mavsumda chempionlikni qo'lga kiritishni istaymiz. Ikkinchi davradagi barcha bellashuvlarni o'z foydamizga hal etishga harakat qilamiz.

- O'zbekiston Kubogining yarim final bahsidagi raqiblaringiz "Nasaf" bo'ladi. "Lokomotiv" ushbu to'siqdan o'ta oladimi?

- Finalga yo'l olishimizga ishonamiz. "Nasaf" juda ham kuchli jamoa. Qarshiliklarda jamoaviy o'yin juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Deyarli barcha futbolchilari 5-6 yildan buyon birga yonma-yon to'p tepishmoqda. Biz esa o'tgan yilgi natijamizni takrorashga urinib ko'ramiz.

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi?

- Hech bir jamoa shaxsan menga taklif bilan chiqqani yo'q. Balki jamoaga bu borada takliflar bo'lgandir. Bu borada xabardor emasman. Bu masalada hammasini klub hal qiladi. O'zbek futbolchilarining birinchi maqsadi evropada to'p tepish. O'zimga keladigan bo'lsak, mening asosiy maqsadim evropaning o'rtamiyona chempionatida emas, balki kuchli beshlik jamoalarining biriga o'tish.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика