Ikrom Aliboev "Lokomotiv" bilan mashg'ulot o'tkazdi
03 mar 2020 16:19
Yangiliklar


Ikrom Aliboev "Lokomotiv" bilan mashg'ulot o'tkazdi
"Lokomotiv" sobiq futbolchisi, bugungi kunda Janubiy Koreyaning "Seul" klubi sharafini himoya qilayotgan Ikrom Aliboev "temiryo'lchilar" mashg'ulotida ishtirok etdi.
Malumki, Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab ko'p joylarda futbol o'yinlari o'tkazilmayapti. 29 fevral kuni boshlanishi kutilgan Janubiy Koreya chempionati ham nomalum muddatga qoldirilgan.
"Seul" bugun Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahsini o'tkazishi lozim edi, lekin koronavirus sabab uchrashuv boshqa kunga qoldirildi. Natijada legioner futbolchiimiz klub rahbariyatidan ruxsat so'rab O'zbekistonga keldi. U o'z sport formasini ushlab turish maqsadida "Loko" bilan mashg'ulot o'tkazdi.
"Lokomotiv" stadioniga yana kelganimdan xursandman, bu er men uchun ikkinchi uydek bo'lib qolgan. Futbolchilar bilan ko'rishdim, jamoa mashg'ulotida ishtirok etdim. Hozircha hammasi zo'r", - deydi Aliboev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar