Ikrom Aliboev "Lokomotiv" bilan mashg'ulot o'tkazdi

Xayrulla Xoliqov
3 mar 2020, 16:19
"Lokomotiv" sobiq futbolchisi, bugungi kunda Janubiy Koreyaning "Seul" klubi sharafini himoya qilayotgan Ikrom Aliboev "temiryo'lchilar" mashg'ulotida ishtirok etdi.

Ma'lumki, Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab ko'p joylarda futbol o'yinlari o'tkazilmayapti. 29 fevral kuni boshlanishi kutilgan Janubiy Koreya chempionati ham noma'lum muddatga qoldirilgan. 

"Seul" bugun Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahsini o'tkazishi lozim edi, lekin koronavirus sabab uchrashuv boshqa kunga qoldirildi. Natijada legioner futbolchiimiz klub rahbariyatidan ruxsat so'rab O'zbekistonga keldi. U o'z sport formasini ushlab turish maqsadida "Loko" bilan mashg'ulot o'tkazdi. 

"Lokomotiv" stadioniga yana kelganimdan xursandman, bu er men uchun ikkinchi uydek bo'lib qolgan. Futbolchilar bilan ko'rishdim, jamoa mashg'ulotida ishtirok etdim. Hozircha hammasi zo'r", - deydi Aliboev.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz