Ikrom Aliboev barchadan uzr so'radi
03 apr 2018 16:41
Yangiliklar
Ikrom Aliboev barchadan uzr so'radi
Superliganing 4-turida Olmaliqda bo'lib o'tgan AGMK - "Lokomotiv" uchrashuvi so'nggida janjal kelib chiqqanidan xabaringiz bor.
Ushbu holatda Ikrom Aliboev qizil kartochka olgandi. Futbolchi saytimiz orqali muxlislardan uzr so'radi.
"Men o'sha kungi bo'lgan holat uchun butun O'zbekistondagi barcha futbol muxlislaridan, futbolga oid barcha barchadan uzr so'rayman o'sha vaziyatda hissiyotlarimni ushlab tura olmadim. Abduqahhor aka bilan anchadan beri tanishmiz, undan o'yindan so'ng darhol uzr so'radim va yana bir marta uzr so'rayman. Bu holat hech qaysi sport principlariga to'g'ri kelmaydi, bu holatni hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Bu birinchi va oxirgi marta.
Muxlislardan iltimosim hozir bizni qo'llab-quvvatlanglar, yuzlaringni erga qaratmaymiz!," - deydi Aliboev championat.asia saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar